Umumiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifasi Reja: 1.«Umumiy psixologiya » Fani nimadan bahs qiladi. 2. Psixik hodisalar va ularning mohiyati 3. «Umumiy psixologiya » fanining maqsadi. 4. «Umumiy psixologiya » fanining vazifalari. 5. Psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlari. Jahon fanlarining muayyan qonuniyatlarga asoslanib turkumlarga kiritilishiga ko'ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o'rin egal-lashiga barcha obyektiv shart va sharoitlar etarlidir. Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki psixologiya fani insoniyattomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng murakka-bi bo'lib, biosferikta'limotdan kelib chiqqan holda psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi ka-tegoriya sifatida o'rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosfe-rik ta'limotga binoan fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqa-lar, o'zaro ta'sirlar, moddalar, zarrachalar, nurlar harakati, almashi-nishi, qo'shilishi to'g'risida mulohazalar, faraziy asosda bo'lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan moddalarning o'zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi, to'plani-shi inson tana a'zolariga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, natijada fav-quloddagi holatlar sodir bo'lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha tShep - sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sez-girlik demakdir) shakldagi ruhiy holatlarning kuchayishi namoyon bo'lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik (yunoncha - te1e uzoqni, ratio sezaman degan ma'no anglatadi) samaralar, o'ta sezgirlik, ekstra-senzitivlik (lotincha extga - o'ta, senzitiv - sezgirlik degani), ekstrasenslik (lotincha extga - o'ta, zeshsh - his qilaman ma'nosini bildi-radi) kabi psixologik holatlarning kechishi sabablarini kiritsa bo'ladi. Shuningdek, omadsizlik, ichiqishlik, kasalning intizor ku-tishi, nasib etmaslik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo'lish kabi ru-hiy holatlar, hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushunti-rib berilgani yo'q. Ammo bu borada bilish obyekti (lotincha ouest jism demakdir) bilan subyektining (lotincha siuest - tashqi olamni biluvchi inson) birikuvida psixologiyaning qulay imkoniyat-ga ega ekanligini ta'kidlab o'tish o'rinlidir. Ushbu fikrni yaqqollashtirish maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan tahlil qilib o'tamiz. Jumladan, chaqaloq dunyo yuzini ko'rishdan e'tiboran idrokida tevarak-atrofni va unga meh-rigiyosi bilan termilayotgan kishilar muhitini aks ettira boshlay-di, dastavval obyektiv (tashqi) va subyektiv (ichki, odamlar o'rtasidagi) muhitga moslashish sodda instinktlar (lotincha shzIpsShz - tabiiy qo'zgatuvchi, tug'ma xususiyat demakdir), shartsiz reflekslar (lotincha gePexiz - aks ettirish) yordamida oddiy ta'sirlanish va taassurot tarzida namoyon bo'ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o'zligini tushuna va anglay olmaydi, hatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi ham aslo mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur'atlar bilan rivojlanadi, yil davomida uning jismoniy a'zolari 50 foizgacha takomillashishi mumkin. Jismoniy o'sish psi-xik (ruhiy) taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi, na-tijada ko'rish, ushlash, yurish, talpinish, g'azablanish va quvonish, samimiylik ham beg'uborliq singari insoniy tuyg'ulari vujudga ke-ladi, nutqfaoliyati paydo bo'lishi uningtushunish darajasini yangi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.11 KB
Ko'rishlar soni
70 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc