Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish

Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish - rasmi

Material tavsifi

Uzluksiz ta'lim tizimida shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish Shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlari va dinamikasi, shuningdek, o'ziga xos xususiyatlarini bilish uzluksiz ta'lim tizimida huquqiy ta'lim-tarbiyani samarali yo'lga qo'yish, unda huquqiy madaniyat elementlarini to'g'ri shakllantirish uchun nihoyatda zarur. Muayyan yosh davridan navbatdagi bosqichga o'tish chog'ida shaxs ruhiyatida kechayotgan o'zgarishlarni anglash, uning yosh xususiyatlarini inobatga olish, unga ijobiy ta'sir ko'rsatish (huquqiy bilimlarni egallashga bo'lgan ehtiyoj, qiziqishni yuzaga keltirish, uni huquqiy faoliyat jarayonida faol ishtirok etishga rag'batlantirish) shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirishga yo'naltirilgan ijtimoiy faoliyat samarasini ta'minlaydi. Huquqiy ta'lim dinamikasi shaxs tomonidan tobora murakkablashib borayotgan ijtimoiy munosabatlar mohiyati hamda huquqiy bilim asoslarining chuqur anglanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Turli yosh davrlarida to'planib borayotgan hayotiy tajriba, huquqiy tushunchalarning o'zlashtirilishidan hosil bo'lgan bilimlar majmui huquq olamida kechayotgan hodisalarning mohiyatini to'g'ri idrok etish, baholashga imkon beradi va ijtimoiy munosabatlarga ongli yondashuvni qaror toptiradi. Shaxsda huquqiy madaniyat elementlarini hosil qilish: 1) yosh xususiyatlari; 2) ta'lim-tarbiya ishlarining mazmuniga bog'liq. Psixologik va pedagogik g'oyalarga ko'ra uzluksiz ta'lim tizimining turli bosqichlarida shaxs tomonidan huquqiy bilimlarni o'zlashtirishda qatiy chegara yo'q. Shunday bo'lsa-da, bolaning aqliy, ruhiy rivojlanish darajasini inobatga olgan holda muayyan yosh bosqichlari uchun huquqiy bilimlarni belgilash ularni ruhiy va jismoniy zo'riqishdan saqlaydi va ularda huquq fanlariga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Keng ko'lamli ta'limiy islohotlar doirasida uzluksiz ta'lim tizimining turli bosqichlarida ta'lim oluvchilarga berilishi maqsadga muvofiq deb topilgan huquqiy bilimlar majmuini yorituvchi Davlat ta'lim standartlari ishlab chiqildi va huquqiy ta'lim modeli asoslandi. Modelga ko'ra huquqiy ta'lim quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1. Oilada huquqiy tarbiyani tashkil etishda ma'naviy-axloqiy hamda huquqiy bilimlarning integratsiyasini ta'minlashga alohida etibor qaratiladi. Binobarin, oilaviy munosabatlar, oila a'zolarining hayotiy qarashlari, shuningdek, turmush tarzini yo'lga qo'yishda milliy qadriyatlar (urf-odat, an'ana va marosimlar, xalq og'zaki ijodi namunalari, xalq pedagogikasi qarashlari) mohiyatining o'zlashtirilishi asosida bolada shakllangan dastlabki, sodda, biroq, mohiyatan uning kelgusi rivojlanishi uchun «yadro» vazifasini bajaruvchi ma'naviy-axloqiy qarashlari bir qadar murakkab bo'lgan huquqiy me'yorlarning qabul qilinishini osonlashtiradi. Shu bois oilada huquqiy tarbiyaning samarali kechishi uchun bolada ma'naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalovchi shakl, metod va vositalardan foydalanish maqsadga muvofiq. 2. Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchi (o'quvchi)larga huquqiy bilimlarni berishda ularni obrazli ifoda etish maqsadga muvofiq. Bolaning aqliy, hissiy va irodaviy rivojlanishida ko'zga tashlanayotgan muhim o'zgarishlarni hisobga olgan holda boshlang'ich ta'limning so'nggi (3-4-sinflari)da hissiy bilishdan mantiqiy bilishga o'tish ta'minlanadi. Bu esa ularning fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalaydi. Mazkur yosh davrida ta'lim oluvchilarning o'quv predmetlariga bo'lgan munosabatlari ham shakllanadi. Huquqiy bilimlarni berishda bolaning aqliy va ruhiy jihatdan zo'riqmasligiga alohida etibor berish zarur. Imkon qadar o'yin texnologiyalari, jamoaviy faoliyatning turli ko'rinishlaridan foydalanish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.43 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.43 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga