Reja: Vegetativ qon tomirlar distoniyasi Klinik manzarasi Vegetativ paroksizm. Barcha tizim va a'zolarning ish faoliyatini vegetativ asab tizimining simpatik va parasimpatik asab tizimi boshqarib turadi. Ana shu ikkalasi birgalikda silliq mushaklarni, qon tomirlarni, ichki a'zolarni, limfa bezlarini va gomeostazni idora qiladi. Ayrim hollarda shu ikki tizimdan bittasi ko'proq vazifani bajarib kasallanadi. Unda ikkita klinik manzara namoyon bo'adi. 1. Agar s i m p a t i k a s a b t i z i m i ustunlik qilsa, unda teri rangi oqargan, oyoq-qo'llarda sovuq qotish, ko'z qorachiqlarining kengayishi, taxikardiya, taxipnoye, qon bosimi ko'tarilishi va ich qotish belgilari kuzatiladi. Bunday odamlar ishchan, ayniqsa, kechqurunlari, lekin eslash qobiliyatlari susaygan, vahimachi, quyoshni, issiqni, tovushni, kofeni yomon his etadilar va uyqusi buzilgan bo'ladi. 2. Agar p a r a s i m p a t i k a s a b t i z i m i ustunlik qilganda, ular vagotoniklar deyiladi. Bunda bradikardiya, ko'p terlash, ko'z qorachiqlarining torayishi, so'lakning ko'p oqishi, qon bosimining pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bemorlarning ruhiyati past, hamma narsalarga befarq, e'tiborsiz, qiziqishi kam bo'ladi. Bularda ertalabki ish qobiliyati ko'p bo'ladi. Vegetativ qon tomirlar distoniyasi Vegetativ qon tomirlar distoniyasi kelib chiqishi sabablari ko'p va turli-tuman bo'lib, bular surunkali ichki a'zolarning kasalliklari, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, nasl moyilligi, allergiya va nevrozlardir. Klinik manzarasi. Bunda bemorlar, asosan, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, uyqusizlik yoki ko'p uxlash, umumiy holsizlik, tez charchab qolishdan shikoyat qiladilar. Bundan tashqari, yurak atrofida noxush sezgilar paydo bo'lishi yoki og'riq, og'izdan so'lak oqishi yoki og'iz qurishi, ishtaha kamayishi, qusish, ich ketishi yoki qotishi, qorin damlanishi, tez-tez siyishdan, nafas olishning tezlashishi, havo yetishmaslik, ba'zi bemorlar o'pkasiga to'liq havo bormasligidan noliydilar. Bemorlarda har xil parezteziyalar, bel, dumg'aza, dum va kuraklar oralig'ida og'riq bo'lib turishi, ish qobiliyatining pasayishi, boshda og'irlik sezish va xotiraning pasayishi holatlari kuzatiladi. Asab sohasini tekshirganimizda pay reflekslarining kuchayishi yoki kamayishi, qo'l barmoqlarida titrash, dermografik o'zgarish, pilomotor reflekslar susaygan yoki kuchaygan, Ashner belgisi, ortostatik yoki klinostatik sinovlarining buzilishi, qon bosimining o'zgarib turishi, ter ajralishi, subfebril yoki gipotermiya tana harorati, akrosianoz, qo'1- oyoq panjalarining sovuq qotishi kuzatiladi. Bemorlar issiqlikni yomon sezadilar, ob-havo o'zgarishi ularga kuchli ta'sir qiladi. Vegetativ paroksizm. Vegetativ paroksizmning uchta turi mavjud: 1. Simpatik- adrenalin turi birdan boshlanadi, kunning qaysi vaqtiga bog'liq emas, ko'proq his-tuyg'u, aqliy va jismoniy charchashdan keyin boshlanadi. Bunda bemorlarning qon bosimi oshgan, yurak urishi tezlashgan, harorati yuqori - gipertermiya, bosh va yurak atrofida og'riq, sovuq qotish, qo'rqish, qondagi qand miqdorining ko'payishi bilan birga, xuruj ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.57 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.57 KB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc