Voyaga yetmagan os'mirlarning jinoyat qilish Sabablari Agressiv xulq Reja: Kirish 2. Voyaga yetmagan osmirlarning jinoyat qilish sabablari 3. Agressiv xulq 4. Agressiyaga nimalar ta'sir qiladi Psixologiya fani faqat nazariyagina emas, amaliyotni ham qamrab oluvchi ko'p tarmoqli belgilar majmuidan iborat bo'lib, turli tuman fanlar uyunlashtirilgan holda tadqiqotlar olib borishni taqazo etadi. Ana shunday tadqiqotlarning xulosalari psixologiyaning umumnazariy va metodologik konsepsiyalarini qayta mushohada etish imkonini yaratadi. Ma'lumki mashhur qaxramon ham, ashaddiy jingo'yatchi ham onadan shunday tuilmaydi. Balki o'sib ulaygandan keyin u yoki bu yo'lga kiradi, demak fazilat yoki illatlarning shakllanishida ijtimoiy omillar, tarbiya, ta'lim, atrof-muoit ta'siri yetakchi rol o'ynaydi. Bizni voyaga yetmagan o'smirning jingo'yatchilik yo'liga kirib ketish sabablari qiziqtirar ekan, qonun bilan taqiqlangan jinoiy xatti-harakatni vujudga keltiruvchi faoliyatlargina emas, balki uning muqaddamasidagi ayrim faoliyatlarni ham e'tiboriga olish lozim. Voyaga yetmagan o'smirlarning jinoiy ishlar qilishiga tarbiyaning, oilaning, muayyan ijtimoiy guruhning ta'siri muhim hisoblanadi. Masalan: Nosog'lom muhitda o'sgan va tarbiya topgan bitta odamning bezori xulqi boshqa shaxslarda ehtiroslarning alanga olishiga yomon ta'sir uchun uchqun vazifasini o'taydi. Qotillikka qo'l urgan shaxslarning psixologiyasi aksariyat hollarda uning boshqa shaxsga tobeligidan dalolat beradi. Qotillar umuman olganda hayotga erkin, o'zgalarning yordamisiz moslasha olmaydigan, qiyin muammo qarshisida ojiz qoladigan odamlar toifasiga mansubdirlar. Jingo'yat fakti ko'p hollarda qotillarning qurbonlari bilan til topisha olmagani bilan izohlanadi, murosa ularning xulq atvoriga yod narsadir. Qotillik uchun jazoga maxkum qilgan shaxslarning o'rganish shuni ko'rsatadiki, ularnig yarmidan ortig'i o'smirlik chog'idanoq spirtli ichimliklarni iste'mol qila boshlagan. Tarbiya sharoitlarining tahlili qotillik uchun jazoga maxkum qilingan shaxslarning aksariyati nomaqbul sharoitlarda tarbiyalanganligini ko'rsatadi. Bolalikda yetim qolib yoki otasiz, onasiz oilalarda o'sib ulg'ayganlarda jingo'yatga moyillik kuchli bo'ladi. Oilada ota yoki onaning bo'lmasligi, ulardan birining, ayniqsa onaning sudlangani jinoiy omilni kuchaytirishi aniqlandi. Bolalikdagi tajovuzkor xulq atvorning o'smirlik va yoshlik cholarida huquqbuzarlik va jinoiy xulq atvorga aylanib borishi kuzatilgan. O'rganilgan maxkumlarning uchdan bir qismi birinchi marta 16-17 yoshligida hukm qilingani ham shundan dalolat beradi. Xulq atvori oir o'smirlar shaxsining shakllanishiga ko'pchilik hollarda oilaviy shart sharoitlar, ota-onaning yoki qarindoshlarning ichkilikbozligi, ularning axloqqa zid xulq atvorlari salbiy ta'sir o'tkazadi. Tarbiyasi og'ir o'smirlar uchun odatda o'qishga nisbatan zid munosabat xos bo'lib, oxir oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, bilim yurti jamoasiga qarama-qarshi qilib qo'yadi. Aksariyat hollarda huquqbuzarlar, o'smirlar, ichki salbiy munosabatlar natijasida maktabda o'z o'rnini topa olmagan o'quvchilar bo'lib chiqadi. Maktab, (o'rta-maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimi) va ishlab chiqarishdagi ta'lim tarbiya nuqsonlari, ko'cha, mahalla salbiy xulq atvorini qaxramon tarzida talqin qiluvchi ko'chadagi guruhbozlik ta'sir etadi. O'smirlik yoshida katta yoshdagilar, ota-onalar va o'qituvchilar bilan kelishmovchilik ro'yobga chiqadiki, bu ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.63 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
33.63 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc