Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning mazmun mohiyati

Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning mazmun mohiyati

O'quvchilarga / Psixologiya
Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning mazmun mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning mazmun mohiyati Reja 1. Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmatning mazmun mohiyati 2. Psixologik xizmat xonasining jihozlanishi 3. Psixologning asosiy ish hujjatlari 4. Psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlari 5. Psixologning ish rejasi Mamlakatimizda uzluksiz ta'lim tizimini muntazam takomillashtirib borish jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti istiqbolidagi vazifalarni amalga oshirish uchun eng zarur omil hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi 203-sonli «Umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida» gi qarori bilan tashkil etilib, faoliyat ko'rsatayotgan «O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik Tashxis markazlari» zimmasiga umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bilan bir qatorda psixologik xizmatni yo'lga qo'yish yuklatilgan. ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi psixologlar yosh avlodga ta'lim va tarbiya berish jarayonida ularning psixologik va yosh xususiyatlarini bilishi, har bir o'quvchiga individual yondashishi, muomala qilish mahoratiga ega bo'lishi, o'quvchilarga kasb-hunar tanlashlarida etarlicha yordam va maslahatlar berishi zarur. «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat to'g'risida» gi muvaqqat Nizom 2002 yil 1 avgustda qabul qilindi. ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi psixologlar nizom asosida ish olib bormoqdalar. Hozirda maktab amaliyotchi psixologlari faoliyati samara-dorligini oshirishga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar zarur ekanligini hisobga olgan holda ushbu qisqa uslubiy tavsiyalarni tayyorladik. ta'lim tizimida psixologik xizmatning tashkil etilishi tarbiyalanuvchi, o'quvchining individual-psixologik xususiyatlarini o'rganish asosida uning shaxsi har tomonlama kamol topishi, ham ma'naviy, ham aqliy rivojlanishi, o'zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishi uchun tegishli ta'lim-tarbiyaviy hamda ma'naviy-ruhiy sharoitlar yaratishni nazarda tutadi. Psixologik xizmat xonasining jihozlanishi Maktab psixologining ish faoliyati samarali bo'lishi uchun alohida «Psixologik xizmat ko'rsatish xonasi»ni ajratish va tegishli tartibda jihozlash zarur bo'ladi. Psixologik xizmat ko'rsatish xonasining maydoni 25 m2dan kam bo'lmasligi kerak. Agar ikkita xona ajratish uchun imkoniyat bo'lmasa, 2 ga bo'lib olish ham mumkin. Psixolog uchun «Ishchi xona» va «Trening mashg'ulotlari o'tkazish xonasi» bo'lishi kerak. «Ishchi xona»ni jihozlashda quyidagi ko'rgazmali vositalar va metodik materiallar bilan ta'minlashga etibor qaratish zarur: -Insonda ro'y beradigan psixik jarayonlar; (diqqat, sezgi, idrok, tafakkur, xotira, xayol) haqida batafsil ma'lumotlar. -Shaxslararo muloqot shakllari va maslahatlar; -Temperament tiplari haqida ma'lumot; -O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish bo'yicha ma'lumotlar; -Turli yoshdagi bolalarning shaxsiy sifatlarini aniqlash metodikalari; -Yakka holda va guruhlar uchun o'tkaziladigan mashg'ulotlar metodikasi; -Kompyuter, unda diagnostik metodikalar, test materiallari va kerakli psixologik maslahatlar, o'quvchilarning shaxs kartasi, psixokorreksion rivojlantiruvchi mashqlarning reja va dasturlari saqlanadi. Psixologning asosiy ish hujjatlari -Kundalik ish tartibi (o'qituvchilar uchun o'qituvchilar xonasida, ota-onalar uchun maktabning kirish joyida, o'quvchilar uchun barcha o'quvchilarning diqqat-etibori tushadigan) ko'rinarli joylarga qo'yiladi. -Ish rejasi (haftalik, oylik, yarim yillik, yillik); -Har bir o'quvchi uchun shaxs kartasi. Unda bola ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.63 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.63 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga