Xarakter shaxsning individualtipologik xususiyati Reja: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakterning tuzilishi. Xarakterning tarkib topishi. Tayanch iboralar: Xarakter haqida tushuncha. Xarakter xislatlari - undovchi kuch sifatida. Oliy nerv faoliyati tiplari va xarakter. Xarakterdagi individuallik va tipiklik. Xarakterning tuzilishi, simptomlar kompleksi va uning xususiyati. Xarakter va faoliyat. Kishilar xarakteri toifalari haqidagi nazariyalar tahlili (Leongard, Le Senn va boshqa nazariyalar). Shaxs xulk-atvori va xarakterining etnopsixologik xususiyatlari va ularni ta'lim va tarbiya jarayonida hisobga olish. Xarakterni tarbiyalash va shakllantirishning psixologik asoslari . XARAKTER haqida TUSHUNCHA. Ma'lumki har bir odam har qanday boshqa odamdan o'zining individual xususiyatlari bialan ajralib turadi. Hayotda bunday farqlar kishining xarakteri bilan bog'lik deb tushuntiriladi. «Xarakter» - grekcha so'zdan olingan bo'lib, aynan tarjima kilganda bosilgan tamg'a, muhr ma'nosini anglatadi. Psixologiyada xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan faoliyat usullarida nomoyon bo'ladigan, tipik sharoitlarda yuzaga chikadigan va shaxsning bu sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixik xususiyatlar yig'indisi tushuniladi. boshqacha qilib aytganda, xarakterning har bir xislati tegishli tipik sharoitlardagina nomoyon bo'ladi. Buni shuning bilan tushuntirish mumkinki, xarakterning har bir xislatida odamning ma'lum sharoitlarga, vokealarning ma'lum tomonlariga bo'lgan munosabati ifodalanadi. Shu sababli bir o'quvchining o'zi o'zini turli sharoitlarda turlicha tutishi mumkin. Maktabda kurkok, ikkilanuvchi, uyda chakkon, dilkash, g'ayratli, mehmonda vazmin, o'ychan va h.k. Xarakter tug'ma bo'lmaydi. Fakat layokat nisxonalari tug'ma bo'lishi mumkin, ular nerv tizimining xususiyatlariga bog'lik bo'ladi. Xarakter esa muayyan jamiyat a'zosi bo'lgan kishining hayoti va faoliyati jarayonida tarkib topadi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir. Xarakterlari mutlako bir xil bo'lgan ikki kishini topib bo'lmaydi, lekin ayrim kishining xarakteridagi ko'p narsalar bir guruh kishilar uchun yoki hatto butun jamiyat uchun tipik bo'lishi mumkin. Jamiyat a'zosi bo'lgan kishining vokelikka bo'lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulk-atvori hamda xatti-harakatida ta'sir koldiradigan muhim, barqaror psixik xususiyatlarning majmui xarakter deyiladi. Odam harakatlarining sifati va usullari fakat shaxsning munosabatlarigagina bog'lik bo'lmay, balki iroda, hissiyot, diqqat, aqliy xususiyatlarga, ya'ni psixik xususiyatlarning individual xususiyatlariga ham bog'lik. Shuning uchun ham kishi faoliyatida qanday psixik jarayonlar ustun turishiga karab xarakter xususiyatlarini intellektual, emosional va iroda xususiyatlariga ajratish mumkin. Xarakterning ko'p xislatlari odamning xatti-harakatini belgilab beruvchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Ma'lumki turli kishilarning xarakteri turlicha. Shu sababli ham bir xil sharoitlarda, aynan bir xil maqsadga intiluvchi kishilar shu maqsadga erishish uchun zarur bo'lgan harakatning turli usullariga moyil bo'ladilar. Bu yerda xarakter xislatlari undovchi kuch sifatida nomoyon bulayapti. Odam xarakter xislatlarining undovchilik kuchi sifatida yuzaga chiqishi ta'siri ostida ko'pincha obyektiv sharoitga zid va maqsadga nomuvofik harakat usullarini ko'llaydi. Odam ba'zida o'z xarakteridan o'zi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.3 KB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc