Xarakter xislatlarini o'rganish Buning uchun A.Ye. Lichko ishlab chiqqan «Patoxarakterologik diagnostika savolnomadan (PDS) foydalanib, xarakterga urg'u berishning (aktsentuatsiyaning) bir qancha tipini ajratadilar. Ular: Gipertim tip - G sikloid - Ts O'zgaruvchan tip - O' Asabiy zaif tip - A Senzitiv tip - S Ruhiy zaiflik - R Shizoid tip - Sh Tutqanoqli tip - T Jazavali tip - J Bo'sh tip - B Moslashuvchan tip - M G - Gipertim o'smirlar. Bu tipga mansub o'smirlar to'polonchi, tez zerikadigan, haddan tashqari mustaqil, hatto botirlik, sho'xlik bilan ajralib turadilar. Ular notanish kishi oldida uyalmaydilar, tortinmaydilar. O'yinlarda tengdoshlariga buyruq berishni yoqtirishadi. Tarbiyachilar ularning sho'xligidan arz qilishadi. Maktabda yaxshi qobiliyatlarga qaramasdan, tartibsizliklari, tez chalg'ishlari hisobiga yaxshi o'qimaydilar. O'smirlik davrida asosiy xususiyat - har doim yaxshi ko'tarilgan kayfiyatda bo'ladilar. Bunday o'smirlar erta mustaqillik va erkinlik ko'rsatishadi, qatiy tartib va rejimni yoqtirishmaydi. Qonun va qoidalarga engiltaklik bilan qarashadi. Ular har doim ulfatlarga intilishadi, yolg'iz qolishni yoqtirishmaydi, tengdoshlari orasida rahbarlikka intilishadi. Tanishlarni tanlashda yaxshi-yomonni farq qilmaydi va osonlik bilan shubhali ulfatlar orasiga tushib qolishi mumkin. Sarguzashtlarni, xavf-xatarni, qaltis yurish- turishini yoqtiradi. Yaxshi yangi narsani his qilish xarakterlidir, yangi odamlar, joylar, predmetlar o'ziga tortadi. Bunday o'smirlar osonlik bilan ilhomlanib, boshlagan ishini oxiriga etkazmaydi, to'xtovsiz ravishda «sevimli ishi» ni o'zgartirib turadi. Uzoq o'tirib ishlashni talab qiladigan, diqqat bilan ishlashni, mayda ishni eplay olmaydi. Vadasini bajarishda pul masalalarida ham betartiblik bilan ajralib turmaydi, osonlik bilan qarzga botib qoladi. Oliftagarchilikni, maqtanishni yaxshi ko'radi. Kelajakni shirin xayolda tasavvur qiladi. Muvaffaqiyatsizlik kuchli reaksiya ko'rsatish mumkin. Lekin uzoq vaqtgacha yo'ldan chiqarishga qodir emas, jahldan tez tushadi. Jinsiy hissiyot erta uyg'onadi va kuchli bo'ladi. Shuning uchun erta jinsiy hayotga kirishishi mumkin. Ts - sikloid tip. Odatda ularga tegishli bo'lmagan kattalar ustidan xatarli hazillar va hamma yerda kinoya qilishi xos bo'ladi. hayotiy stereotipni tubdan o'zgartirishda, kamroq qarshilik ko'rsatadi.(masalan, maktabdan oliy o'quv yurtiga o'tishda). Bunday o'zgartirish subdepressiv fazani to'sishi mumkin. Bu bosqichdan nasihat, gina-kudrat, ayblashlarga tanlab javob qaytaradi. Bolalik davrida tengdoshlaridan farqlanmaydi. O'smirlik yoshi boshlanishi bilan birinchi subdepressiv bosqich boshlanishi mumkin. Keyinchalik bu bosqichlar ko'tarilishi va bir xil kayfiyat bosqichlari bilan almashinishi mumkin. Bosqichlarning davomiyligi dastlab kunlar, 1-2 hafta, yosh o'tishi bilan ular ko'payishi yoki aksincha bartaraf bo'lishi mumkin. Subdepressiv bosqichdan lanjlik, kuchsizlanish, hamma narsa qo'ldan tushib ketishi kuzatiladi. Ilgari oddiy va osonlik bilan erishilgan narsa katta zo'riqishni talab qilinadi. O'qish qiyin bo'lib qoladi. Atrofdagi kishilarni yoqtirmaydi, ulfatlardan qochadi, sarguzashtlar va xavf - xatarga qiziqmay qo'yadi. O'smirlar bu kunlari uydan chiqmaydigan bo'lib qoladi. Kichik muvaffaqiyatsizliklar va ko'ngilsizliklar ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.31 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.31 KB
Ko'rishlar soni
60 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc