Xarakter Reja: Xarakter haqida tushuncha. Xarakterning fiziologik asoslari. Xarakter tipologiyasi Xarakter aksentuasiyasi Xarakter tarkibi Xarakterning shakllanishi Har bir odam har qanday boshqa odamdan o'zining. individual-psixolagik xususiyati bilan ajralib turali Bu yerda gap xarakter haqida boradi. «Xarakter» so'zi aynan tarjima qilinganda grekchalan «tamg'a» degan ma'noni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo'la olmaydi. Masalan, ko'rish va eshitishning o'tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas. Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo'ladigan, tipik sharoitlarda ko'rinadigan va bu sharoitlarsa shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individua-psixologik xususiyatlar yig'indisi tushuniladi. Xaraktsr xususiyatlarining namoyon bo'lishi har bir tipik vaziyat hissiy kechnnmalarining individual o'ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog'liq. Ikkinchi tomondan, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o'ziga xos usullari shaxs munosabatlariga bog'liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta'siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o'z-o'ziga bo'lgan munosabatlarda namoyon bo'ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz. Xarakterning juda ko'p xislatlari odamning ish-harakatlarini belgilovchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo'ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko'pincha obyektiv sharoitga zid ish qiladi va mutlag'o mag'sadga nomuvofiq harakat usullarini qo'llaydi. Ayrim odamlar bilib turib qiyin vazifani tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma'lum tarzda harakat qilishga ba'zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namochim bo'ladilar. Xarakter qarshilik ko'rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy na muhim vazifalaridan biridir. Qat'iyatlilik tanqidiy qarash, fahm-farosat, qo'zg'atuvchanlik, xushfe'llik singari xislatlari-intellektual(aqliy), quvnoqlik, mexribonlik-hissiy-irodaviy xususiyatlarga kiradi. Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xaraktern tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat. Xarakter xislatlari shaxsnint qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo'lganlari tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o'zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug'ma konstitusion turi genotip. Lekin hayvon tug'ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g'oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali u muqarrar javob berishi lozim bo'ladiki, ko'pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti bo'yicha saqlanib qoladi. »u sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta'siri ostida hosil bo'lgan o'zgarishlarning qotishmasi fenotip xarakterdir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo'lib olgan xususiyatlarining, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P. Pavlovning ikkinchi signal tizimi haqidagi ta'limoti katta ahamiyatga ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.24 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
56.24 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc