Xayol fantaziya

Xayol fantaziya

O'quvchilarga / Psixologiya
Xayol fantaziya - rasmi

Material tavsifi

Reja: Xayol va uning asosiy turlari va jarayonlari haqida tushuncha. Xayol va muammoli vaziyat. Bolalarning uyi va kattalarning ijodiy faoliyatida fantaziyaning roli. Badiiy va ilmiy ijodiyotda fantaziyaning roli. Tayanch so'z va iboralar Xayol, uy, fikr, fantaziya, tasavvur, Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari katoriga kirib, kishining o'ziga xos insoniy sxarakteriga ega bo'lgan faoliyatlarida namoyon bo'ladi. mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib., ishga kirishib bulmaydi. Fantaziya yordami bilan kutilayotgan natijani tasavvur qilish-inson mehnatining mehnat jarayoni o'z tarkibiga zarur tarzda xayolni o'z ichiga oladi, Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo'lib, mehnatning oxirgi va oralik mahsulotlarida o'z ifodasini topadi. Xayol mehnat natijalarini narsalarda gavdalantirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo'lmagan xollarda ish sharakat programmasini tuzishni ta'minlaydi. Shuning bilan birga xayol aktiv faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o'rnini almashtiruvchi obrazlar hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chikadi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Xayol mehnatning fakat sungi natijasinigina emas (maslan, bitkazilmagan tayyor mahsulot sifatidagi tsol), balki mehnatning oralik mahsulotlarini (mazkur holda tsolni yasab bitkazish uchun tayyorlanadigan detallarni xam) tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Binobarin, xayol odamga faoliyat jarayonida mehnat mahsulotlarining oxirgi va oralik psixik modellarini hosil qilish yo'li bilan yul-yurik kursatadi. Bu esa mehnat mahsulotlarini narsalar sifatida gavdalantirishga yordam beradi. Xayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, yani masala yechishning yangi usullarini kidirib topishda yuzaga keladi. Xayol tafakkur singari, shaxsning ehtiyojlariga asoslanadi. ehtiyojlarni kondirishning soxta, xayoliy jarayoni sodir bo'ladi, yani bu ehtiyojlarning kondirilishi mumkin bo'lgan vaziyatni jonli, Yerkin, tasavvur qilish mumkin. Xayol jarayonlarida amalga oshiriladigan vokelikni oldindan aks ettirish Yerkin tasavvurlar tarzida va konkert obraz shaklida sodir bo'ladi. Shuning bilan bir paytda tafakkur jarayonlarida oldindan aks ettirish olamni umumlashtirib, vositali tarzda bo'lish imkonii beruvchi tushunchlalar bilan ishlashda sodir bo'ladi. Tafakkur va xayolning o'xshash shamda farqlanuvchi tamonlarini karab chikar ekanmiz, muammoli vaziyat oz yoki ko'p noaniklik bilan sxarakterlanish mumkinligini kursatib utish lozim. Masalaning dastlabki ma'lumotlari, chunonchi, ilmiy problemaning dastlabki ma'lumotlari aniq bulsa, masalni yechish yo'lining mohiyati oldingi bobda yoritilgan tafakkur qonunlariga kuprok tobe bo'ladi. Agar problemali vaziyat ko'p jihatdan uzining noanikligi bilan ajralib tursa, dastlabki ma'lumotlarni aniq analiz qilish juda qiyin bulsa, boshqacha bir xolni kuramiz. Bunday xollarda xayol mexanizmlari ishga tushadi. Chunonchi dastlabki ma'lumotlarning birmuncha noanikligi yozuvchining ishiga zarar qiladi. Muammoli vaziyat sxarakterlanadigan turli sharoitlarga bog'liq ravishda aynan bir masalaning o'zi xam xayolning yordami bilan, xam katiy tafakkur bilan echilishi mumkin. Vaziyatning noanikligi nixoyatda katta bo'lganda, yani bilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.06 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.06 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga