XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyoti

XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyoti

O'quvchilarga / Psixologiya
XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyoti - rasmi

Material tavsifi

XIX va XX asrlarda psixologiya taraqqiyoti Reja: 1. Assotsiativ psixologiya 2. Eksperimental psixologiya 3. Veber va Fexner 4. V.Vund XIX va ayniqsa XX asrlarda psixologiya fakat empirik (tajribaga asoslangan) fan sifatida taraqqiy etadi. Bu davrda uning predmeti, yani o'rganadigan vokelik sohasi kuchli ravishda kengaydi, bu fanning alohida yangi sohalari paydo bo'ladi va shakllanadi, yangi, yanada samaralirok tekshirish metodlari kashf kilinadi. Psixologiyaning bergan ma'lumotlaridan amaliy faoliyatning turli sohalarida foydalanila boshlaydi. Ayni vaqtda, XIX va XX asrlarda idealizm bilan materializm o'rtasidagi kurash yanada chuqurlashadi. Assotsiativ psixologiya Bekon va Gobbsdan boshlab empirik psixologiyaning vazifalaridan biri psixik hodisalar tarkib topgan elementlarni aniklashdan iborat edi. yuqorida aytilganday, Bekon bilan Gobbs tasavvur hamda sezgini shunday elementlardir deb hisobladilar. Psixologlar psixik elementlar murakkab struktura (tarkib) va protsesslarga birikishida buysunadigan qonunlarini topishga intiladilar. Masalan, Gobbs psixik hodisalar intilish va kochish qonuniga buysunadi deb hisoblagan. XVII asrning ikkinchi yarmida ingliz psixologlari Yum va Gartli har xil psixik hodisalar va elementlar g'oya - tasavvurlarning yaxlit bo'lib birlashishining asosiy qonuni sifatida assotsiatsiyalar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. Assotsiatsiyalar haqidagi bunday ta'limot bir vaqtda xam idealistik, xam materialistik yo'nalishda paydo buldi. Idealistik yo'nalishning vakili (va umuman assotsiativ oqimning asoschisi) David Yum (1711-1776 y.) edi. Uning ta'limotiga ko'ra, ongning barcha murakkab hodisa va maxsullari va uzining «men» ekanligi (o'z-o'zini) anglash, o'zaro tashqi bog'lanishlar - assotsiatsiyalar bilan boglangan «tasavvur birikmalari»dir, xolos. Materialistik oqimning vakillari David Gartli (1705-1757 y.) va uning shogirdi Djozef Pristli (1733-1804 y.) edilar. Ular assotsiativ tasavvurlarni miyadagi fiziologik bog'lanishlarga tenglashtirib kuydilar. Gartli psixologiyaga ruxning fizikasi deb karadi. Pristli barcha psixik protsesslar miyaning tebranishlaridir, deb jar soldi. U psixik va fizik hodisalar o'rtasidagi prinsipial farqni inkor kildi va psixologiyaga fiziologiyaning bir kismi deb karadi. Assotsiatsiyalar va ularning inson psixik faoliyati tarkibidagi muhim roli haqidagi ta'limot XIX asrda juda keng tarkaldi. Empirik psixologiyaning ichida «assotsiativ psixologiyalar» deb atalgan alohida oqim paydo buldi. Bu oqim XIX asrning uch choragi mobaynida xukmron mavkeni egallab oldi. XIX asrda assotsiativ psixologiyaning tarafdorlari Angliyada Djeyms Mil (1773-1836 y.), Djon Styuart Mil (1806-1837 y.), Aleksandr Ben (1818-1903 y.), Gerbert Spenser (1820-1903 y.) edilar. Bularga Fransiyada T. Ribo (1829-1916 y.), Germaniyada Teodor Tsigen (1862-1950 y.) larni va kisman yo'lius Ebbingauzni (1850-1909 y.) xam kiritish mumkin. Assotsiativ psixologiyaning vakillari barcha murakkab psixik protsesslar (xotira, tafakkur va nutq, xayol va iroda) bir xil birlamchi psixik elementlar bo'lgan sezgilardan va ularning nusxasi bo'lgan tasavvurlardan hosil buladilar deb davo kildilar. Ayrim-ayrim sezgi va tasavvurlar assotsiatsiyalarning qonunlariga binoan, o'zaro mexanik bog'lanishlar bilan birlashadilar. Masalan, xotira protsesslari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.63 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga