Xotira fiziologik mexanizmlari

Xotira fiziologik mexanizmlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Xotira fiziologik mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

Xotira fiziologik mexanizmlari Bajardi: Tekshirdi: Inson xotirasining qonuniyatlarini o'rganish psixologiya fanining markaziy masalalaridan biri bo'lib hisoblanadi. Malumki, insonning har qanday kechinmasi, hatto xatti-harakatlari uzoq muddat ongda saqlanib, malum bir sharoitda qayta namoyon bo'luvchi izlar qoldiradi. Shuning uchun xotira deganda, insonga tabiat, jamiyat, koinot to'g'risida ma'lumot, xabar, axborot va taassurot to'plash imkonini beradigan hamda ilgarigi tajriba izlarining esda olib qolinishi, esda saqlanishi, qayta esga tushirilishi, eslashi, tanishi tushuniladi. O'z navbatida, bosh miya katta yarim sharlari yangi bog'lanishlar paydo bo'lishiga va mustahkamlanishining asosiy fiziologik mexanizmlarini tekshirish imkoniyatini tug'dirdi. Ana shunday qilib, ushbu bog'lanishlar paydo bo'lishiga va saqlab qolishiga yordam beradigan shart-sharoitlar, shuningdek, bog'lanishlarning saqlanishiga ta'sir qiluvchi holatlar, omillar va mexanizmlar tasvirlab berildi. I.P.Pavlov oliy asab faoliyati ta'limoti va uning asosiy qonunlari xotiraning fiziologik mexanizmlariga oid bilimlarning asosiy manbaiga aylanib qoldi. Bolalarda xotiraning yuksak (yuqori) shakllarini birinchi marta tadrijiy ravishda tadqiqot qilish taniqli ruhshunos L.S.Vigotskiyga nasib etgan (1896-1934). L.S.Vigotskiy XX asrning 20-yillarning oxirlarida maxsus tekshirishlarning predmeti qilib, xotiraning yuksak shakllarini rivojlanish muammosini tanlagan va u o'z shogirdlariga L.N.Leontev (1903-1979) va L.V.Zankov bilan birgalikda xotiraning yuksak shakllari ruhiy faoliyatning murakkab shakli ekanligini, kelib chiqish jihatidan ijtimoiyligini ko'rsatadi. Shuning bilan birga, u murakkab, mohiyatiga ko'ra, esda olib qolishning asosiy bosqichlari rivojlanishini dalillab berdi. Ruhshunoslardan A.A.Smirnov, P.I.Zinchenkolar ham xotira bo'yicha ilmiy-tekshirish ishlarini olib bordilar, uning yangi qonunlari va mexanizmlarini ochdilar, esda olib qolishning faoliyat maqsadiga bog'liqligini yoritdilar, murakkab materialni esda olib qolishning oqilona usullarini ko'rsatib berishga muvofiq bo'ldilar. Ularning tadqiqotlari to'g'risida boshqa bobda batafsil to'xtalib o'tamiz, shuning uchun hozir umumiy tavsif bilan cheklanamiz, xolos. Xotiraning fiziologik asoslari Asab tizimida izlarning saqlanishi qo'zg'atuvchi ta'siri ostida hosil qilingan izlarning uzoq muddat saqlanish hodisasining hayvonot olamini taraqqiyoti jarayonida namoyon bo'lish xususiyati tadqiqotchilar tomonidan tekshirilgan va muayyan darajada ma'lumotlar to'plash imkoniyatiga ega bo'lganlar. Izlarning «konsolidatsiyalanish» jarayoni. Yuqorida biz inson miyasiga ta'sir qilgan qo'zg'ovchilarning izi esda olib qolinishini ko'rib o'tgan edik. Navbatdagi vazifa izlarni mustahkamlanish jarayoni qanday kechadi, degan savolga javob berishdan iboratdir. Izlar tezda mustahkamlanadimi yoki malum vaqt talab qiladimi, degan muammolar tug'ilishi tabiiy holdir. Xotiraning fizik va neyron iz qolish nazariyalari Fizik iz qolish nazariyasida neyronlardan nerv impulslarining o'tishi o'zidan keyin fizik iz qoldiradi deb taxmin qilinadi. Bu nazariya tarafdorlarining fikriga qaraganda, izlarning fizik aks etish sinapslarda yuzaga keladigan elektrik va mexanik o'zgarishlarda o'z aksini topadi. Izlarning neyrofiziologik asoslari to'g'risida fikr yuritilganda Lorente, Makselein kabi olimlarning reverberlashtirish hodisasini (reverberlashtirish - aylana aks ettirish demakdir) tatbiq qilinganlarini aytib o'tish maqsadga muvofiqdir. Ularning ko'rsatishlaricha, nerv hujayralaridan chiqqan aksonlar boshqa hujayralaridagi dendritlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.4 MB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga