Xotira haqida umumiy tushuncha Psixologik manbalarda ko'rsatilishicha, psixikaning eng muhim xususiyati shundan iboratki, inson tashqi ta'sirotlarning aks ettirilishidan o'zining keyingi faoliyatida, xatti-harakatlarida doimo foydalanadi va ijodiy yondashuvi natijasida bazi bir o'zgarishlar kiritadi. Insonda shaxsiy tajriba, ko'nikma, malaka va bilim ko'lami orta borishi hisobiga faoliyat hamda xulq-atvor tobora murakkablashib, yangi mazmun, yangi sifat kasb eta boshlaydi. Malumki, agar tashqi olamning bosh miya katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan obrazlari, timsollari va ularning izlari yo'qolib ketaversa, tajribaning saqlanishi, bilimlarning boyishi, murakkablashishi, muayyan tartibga kelishi, qaytadan jonlanishi mutlaqo mumkin bo'lmas edi. Modomiki shunday ekan, mazkur obrazlar bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'lanib, asta-sekin mustahkamlanib, miya qobig'ida puxta saqlanib qoladi, shu bilan birga, hayot va faoliyatning muayyan talablariga muvofiq ravishda qaytadan jonlanadi, avvalgi holatini boshqatdan namoyon qiladi. Hozirgi davrda qo'llanib kelinayotgan adabiyotlarda xotiraga mana bunday tarzda ta'rif berilib kelinmokda: «Individning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi». Lekin bu ta'rifda xotiraga taalluqli bo'lgan juda ko'p sifatlar, xossalar va xususiyatlar o'z aksini topmagan, shuning uchun uni mukammal, ixcham, pishiq ifodalangan deyishga hech qanday haq-huquqimiz yo'q. Ushbu qiyin holatdan chiqishning birdan-bir yo'li, bizningcha unga mana bunday tarzda ta'rif berishdan iborat: «Xotira atrof-muhitdagi voqelik (narsa)ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv (faol) holda reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon alohida va umumiy namoyon qiluvchi hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik (yunoncha tpeta - xotira) faoliyatdir». ta'rifda xotiraning esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari alohida ajratib ko'rsatilgan, lekin ularning har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Chunki ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik holat bo'lishidan qati nazar va o'sha faoliyat tuzilishi, mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shuning uchun inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esgatushirish uning individual (yakkahol) tajriba ko'lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bog'liq. Chunki esda olib qolingan narsa va hodisalarni keyinchalik qo'llash uchun esga tushirish taqozo etiladi; bu mnemik faoliyatni talab qiladi. O'zlashtirilgan materiallarni ushbu faoliyat doirasidan chiqib ketishi esa uning unutilishiga olib keladi. Materialni esda sakdash uchun shaxs faoliyatida qanday aks etishiga bog'liqdir. Ana shuning uchun har xil holatlarda odamning bilish faoliyati, xulq-atvori hayotiy tajribasi va madaniy malakasi bilan belgilanadi. Lekin qarama-qarshi nuqtai nazarlar ham mavjud; ular o'zaro mezonlari hamda sharhlari bilan tafovutlanadilar. ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
975.82 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
975.82 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: ppt