Xotira va shaxs tajribasining boyligi Xotira-bu tajribamizga aloqador xar qanday ma'lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unitish bilan bog'liq murakkab jarayondir. Xotira xar qanday tajribamizga aloqador malumrtlarning ongimizdagi aksidir. Inson xotirisining yaxshi bo'lishi, yani his-kechinmalarimiz, ko'rgan-kechirgarlarimizning mazmuni to'laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog'liqdir: esda saqlab qolish bilan bog'liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; shaxsning o'zi shug'ullanayotgan ishga nechog'lik qiziqish bildirayotganligi va shunga moyilligi; Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; Shaxsning ayni paytdagi kay0fiyatiga; Irodaviy kuchi va intilishlariga. Xotira jarayonlari shaxsning faoliyatidagi yutuqlariga bog'liq bo'lgani uchun xam, uning tabiati, qanday kechishiga ko'plab olimlar ahamiyat berganlar. Masalan nima uchun Odam u yoki bu ma'lumotni xotirada saqlaydi, degan savolga turli olimlar turlicha javob beradilar. Masalan, fiziologlar uning sababini miyada hosil bo'ladigan nerv bog'lanishlari-assotsiyalar bilan bog'lashsa, bioximiklar-ribonuklein kislota (RNK) va boshqa bioximik o'zgarishlar oqibatidadir, deb tushuntiradilar. Psixologlar esa xotirani doimo inson faoliyati, uning shaxs uchun ahamiyati va motivlar xarakteri bilan bog'laydilar. Chunki shaxsning yo'nalganligi, uning hayotdagi mavqei va qobilyatlarining rivojlanganlik darajasi aynan xotirasining mazmuniga bog'liq. Shuning uchun xattoki, shunday gap bor: Nimani eslashingni menga ayt men seni kimligingni aytib beraman. Umuman xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko'lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog'lanadi. Demak odamlar aynan shu sifatlarga ko'ra xam farqlanadilar: Materialni tezda eslab qoladiganlar; Materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar; Istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar. Masalan ayrim odamlar ko'rgan narsalarini juda yaxshi eslab qoladi, demak, ularning xotirasi ko'rgazmali-obrazli bo'lib, ko'zt btlpn ko'rmaguncha narsaning mohiyatini tushunmaydi xam. boshqalar esa o'zicha fikrlab nomini aytib, mavxum tarzda tasavvur qilmaguncha, eslab qolishi qiyin bo'ladi. Bundaylar so'z-mantiqiy xotira tipi vakillaridir. O'zlashtirilish lozim bo'lgan ma'lumotning xotirada saqlanishini amerikalik Psixolog Kvinn Virdjiniya quyidagicha tasavvur qiladi. Xotiraning 8 qonuni mavjud bo'lib ular quyidagilar: Anglanganlik qonuni Qiziqish qonuni Ilgarigi bilimlar qonuni Eslab qolishga tayyorlik qonuni Assotsiatsiyalar qonuni Birin-ketinlik qonuni Kuchli taasurotlar qonuni Tomozlanish qonuni. ETIBORINGIZ UChUN RAXMAT ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
74.54 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
74.54 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: ppt