Xulq atvordagi salbiy og'ishlar tipologiyasi

Xulq atvordagi salbiy og'ishlar tipologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Xulq atvordagi salbiy og'ishlar tipologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Xulq atvordagi salbiy og'ishlar tipologiyasi Reja: Agressiv shaxs tiplari Psixik holatlarning xulq-atvorga ta'siri Affekt Xulq atvordagi salbiy og'ishlar tipologiyasi Inson xulq-atvoridagi salbiy og'ishlar borasida olimlar bir qator tipologiyalarni yaratishgan. XX asrning oxirlarida bolalarni ijtimoiy va psixofiziologik o'zgarishlarga qarab V.Klayn (1991) yosh qonun buzarlarni olti tipga ajratadi. Esi past. Ularning xulq-atvorida sho'xlik, yoqimsiz xattiharakatlar yetakchilik qiladi. Uyga kech kelish, aldash, ta'lim muassasasidagi har xil nizoli vaziyatni kelib chiqishiga sabab bo'lishlari, kinoga biletsiz kirishlari, doim janjallashish, atrofdagilarni ko'nglini qoldirish, narkotikni tatib ko'rishga moyil bo'ladilar. Ota-onaning dushmani. Bu toifadagi bolalar o'z xattiharakatlari bilan ota-onalarini qiyin holatga qoldiradilar, ularga norozilik hissini ochiq-oydin bildiradilar. Ular ota-onasini munosabatini tushunmaydilar. Bu davrda salbiy hislarni orttirib yuboradilar. Axloqsiz bola. Bunday bolalar asotsial yo'nalishga ega. Ularning hissiy va intellektual taraqqiyotida o'zgarishlar yo'q, xulq-atvorlarida ham yaqqol og'ish kuzatilmaydi. Ularda qonun buzarlar bilan aloqada bo'lishga moyillik bor. Bu holat bolaga nisbatan oiladagi e'tiborsizlik yoki nomaqbul oilada tarbiya topganligi zamirida vujudga kelishi mumkin. Shuning uchun bunday bolalar jinoiy olam me'yorlarini qabul qiladilar va ularga bo'ysinadilar. Organik. Bu toifadagi bolalarda miyadagi lat yeyish, yoki aqliy taraqqiyotda ortda qolish xos. Natijada bolaning intellektual rivojlanishi ortda qoladi bu esa tartib-intizomni hamda xulq- atvorning buzilishiga olib keladi. Bunday bolalar ko'pincha o'z tengdoshlari bilan asabiylashadilar va janjallashadilar. Psixotiklar. Aqliy yetilmagan, kasalmand bolalar bo'lib, ular uchun gallyutsinatsiya, jinoiy harakatlardan xursand bo'lish, buzg'unchi fikrlar hukumronlik qiladi. Hattoki 14 yoshli bu toifadagi bola otaonasini otib tashlagan. Nasliy buzuqlik. Bu toifadagilar birlamchi psixapatlar hisoblanadilar. Ular uchun jinoiy hatta-harakat qilish odatiy holga aylanadi. Nasliy buzuqlarda xatti-harakatlar ilk yoshligidayoq namoyon bo'ladiki, asotsiallanishga moyil. Ularda mas'uliyat hissi yo'q va ishonib bo'lmaydi. Ularni tuzatish va yordam ko'rsatish ancha mushkuldir. Turli chet ellik olimlar o'z tadqiqotlarida «agressiya» va agressivlik»ka turlich ta'rif berishadi. Lorend va Andri insonning tug'ma o'zini himoya qilishi vositasi sifatida, Morrison hukumronlikka intilish vositasi sifatida, Xorni va Fromlar esa shaxsning atrofdagi odamlar dushmanligiga qarshi reaksiyasi sifatida ta'riflashadi. Agressivlik deganda shaxsning buzg'unchilikka intilishi bilan xarakterlanuvchi xususiyat bo'lib asosan subyektlararo munosabatlar sohasida namoyon bo'ladi. Ehtimol inson aktivligining buzg'unchilik komponenti yaratuvchilik faoliyatida zarur hisoblanar, chunki individual rivojlanish talabi beixtiyor kishilarda bu jarayonga to'sqinlik qiluvchi to'siqlarni bartaraf etish, parchalab tashlash qobiliyatini shakllantiradi. Aslida g'azab qo'rquv va boshqa emotsiyalar insonni o'rab turgan muhitga adaptatsiya funksiyasini bajaradi. G'azab tasodifiy reaksiya, u insonga o'zi uchun xavfli vaziyat davom etayotganida paydo bo'ladi va inson uchun kerakli holat. Ammo u yig'ilib boraversa va doimiy siqilish bilan kuzatilsa buni normadan tashqari holat hisoblash mumkin. Stressning uzoq davom etuvchi harakati adaptatsiyani boshqarishga qaratiladi. Qachonki bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 85.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 85.12 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga