Yakka iste'molchining motivasiyasi

Yakka iste'molchining motivasiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Yakka iste'molchining motivasiyasi - rasmi

Material tavsifi

Yakka iste'molchining motivasiyasi Reja: 1 Stimul-reaksiya nazariyasi 2. Faollashish konsepsiyasi 3. Rag'batlantirishga bo'lgan ehtiyoj 4. Iste'molchilar farovonligining determinantlari Iste'molchining xulq-atvori va motivasiyaning tuzilishi yanada sinchiklab tahlil qilinsa, iqtisodchilar ham, marketiloglar ham, aniqlashga urinayotgan talab va taklif o'rtasidagi aloqani yaxshiroq anglab olish mumkin bo'lar edi. Eksperimental psixologiyaning bu sohadagi yutuqlari ko'p narsaga aniqlik kiritmoqda, hamda turli individlarning xulq-atvorini belgilab beruvchi motivasion yo'nalishlarning butun boshli spektrini ochib berishga yordam bermoqda. 1 Stimul-reaksiya nazariyasi Motivasiyaning markaziy vazifasi organizmning nima sababdan faol holatga o'tishini tadqiq etishdir. Shunday qilib, motivasiya energiyaning safarbar qilinishidir. Ekspremental psixologiya dastlab asosan, ochlik, tashnalik va shu kabi fiziologik, tabiy ehtiyojlar va urinishlarni o'rganar edi. Biz ko'rib chiqayotgan stimul (S) - reaksii (R) (yoki S - R) nazariyasiga ko'ra, stimulga organizm reaksiyasining boshlanishi deb qaraladi. Ammo kuzatishlarimizga qaraganda, organizm muhit ta'siridagi stimulga har doim ham javob beravermas ekan. Bundan tashqari, ko'pincha muvozanatni buzuvchi va S - R nazariyasi bo'yicha izohlash qiyin bo'lgan holatni yuzaga keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullanayotgan individlarni uchratish mumkin. 2. Faollashish konsepsiyasi Bugungi kunda motivasiya nazariyotchilari xulq-atvorni yangichasiga izohlashga urinmoqdalar, chunki neyrofiziologlar miya faoliyati to'g'risidagi bilimlarni ancha kengaytirishga muvaffaq bo'ldilar. Masalan, Xebb reaksion qobiliyatga emas, balki asab tizimining tabiiy faoliyatiga asoslangan gipotezani ilgari surdi. Avval mavjud bo'lgan qarashlarga teskari ravishda, faoliyatni ta'minlash uchun miyani tashqaridan qo'zg'atish shart emas. Miya fiziologik jihatdan inert emas, uning tabiiy faoliyati esa o'z-o'zini motivasiyalash tizimini shakllantiradi, deb ta'kidlanadi. 3. Rag'batlantirishga bo'lgan ehtiyoj Bu sohada katta tajribaviy ahamiyatga ega bo'lgan Berlaynning asarlari mutaxassislarda alohida qiziqish uyg'otishi mumkin. Berlaynning ta'kidlashicha, yangilik (ya'ni, qandaydir ajoyib, ilgari bo'lgan yoki bugungi kunda kutilayotganidan farq qiluvchi narsa) shaxs e'tiborini tortadi va rag'batlantiruvchi ta'sirga ega bo'ladi. Yangilik, ayniqsa u hayron qoldirsa, o'zgartirib yuborsa, noaniqlik, betartiblik, tarqoqlik hamda kutilayotgan bilan yuz berayotgan holat o'rtasida farq hosil qilsa, rag'batlantiradi va quvontiradi. Yangi hodisaning kutilaganda sodir bo'lishi dinamik ta'sirga ega bo'ladi va shunga mos xatti-harakatlarga sabab bo'ladi. Ammo, yangi va ajoyib narsaning faqat ma'lum darajagacha jalb qiluvchan bo'lishini, shundan so'ng uning yoqimsiz va qo'rqinchli bo'lib qolishini ham aytib o'tish lozim. Jalb qiluvchanlik avvaliga kuchayib boradi, so'ngra yangilik darajasiga mos ravishda susayib ketadi. Tovarlarning qiyosiy xarakteristikalari tufayli vujudga kelgan rag'batlantirish tovarlar siyosatini ishlab chiqish, segmentlash va pozisiyalash, kommunikasiya va ilgari surish kabi katta qismi bu kutilayotgan ehtiyojlarning qondirilishiga qaratilgandir. Yaxshimi, yomonmi, harqalay tovarlar asab sistemasiga stimullar sifatida ta'sir qiladi va bu o'yinchoqlarning bolalarga ko'rsatadigan ta'sirini eslatadi. Ma'lum bir o'yinchoqlarning yo'qligi bolaning aqliy rivojlanishida turg'unlikka olib keladi. Shunga o'xshash, iste'mol jamiyati beradigan stimullardan mahrum bo'lgan katta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 12 KB
Ko'rishlar soni 71 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga