Yaxshi iqtisodiy shart-sharoit - tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining bosh omili sifatida Tadbirkorlik faoliyatida shaxsning muhim ijtimoiy-psixologik sifatlari qatoriga, ularning voqealarga bo'lgan, ya'ni o'z tillarida aytadigan bo'lsak, katta talofat, muvaffaqiyatsizlik, xonavayron bo'lish va hoka'zolarga bo'lgan munosabatlari kiradi. Ayniqsa, tadbirkorlar, o'z muvaffaqiyatsizliklarini qanday baholaydi, bu ularda qay tarzda kechadi va bunday holatlarda ular qanday harakat qilishadi - aynan shunisi katta ahamiyatga molik. Tadqiqot natijalariga ko'ra shunday xulosaga kelindiki, mag'lubiyatni boshidan kechirgan hamda muvaffaqiyatizlikka hali duch kelmagan tadbirkorlar, real darajadagi tavakkalchilikka deyarli bir xilda baho berishadi. Faqatgina qiyinchiliklarni bosib o'tishda o'z imkoniyatlarini baholash bo'yicha ba'zi bir tafovutlar aniqlandi, lekin bu hali oxirigacha isbot etilmagan. Shu bois ham katta muvaffaqiyatsizlikning mavjudligini tadbirkor oldida turgan qiyinchiliklarni yechish imkoniyatiga ta'sir ko'rsatadi, deb bo'lmaydi. Shuningdek, iqtisodiy muvaffaqiyatsizlik sharoitlarida tadbirkorlar o'zlarini qanday tutishlari mumkinligini bilish ham o'ta muhim hisoblanadi. Ayni maqsadda tadbirkorga: Katta muvaffaqiyatsizlik, omadsizlik sharoitida Siz qanday ish tutar edingiz? - deb murojaat etilganda, atigi 17% tadbirkorlar tadbirkorlikni tashlab, boshqa faoliyat bilan shug'ullanishlarini bildirishdi. 51% tadbirkorlar yuqori mustaqillikni, faollikni, o'z kuchlariga ishonchni namoyon etib, o'zlarini ro'yobga chiqarishlarini ta'kidlashdi. 31,4% tadbirkorlar esa muvaffaqiyatsizlik holatida ishonchli sherik qidirib topishga harakat qilishlarini bildirishdi. Tadbirkorlikning rivojlanishi bevosita tadbirkorlarning o'z faoliyati muvaf-faqiyatiga bergan baholariga, ya'ni oldilarida turgan muammolarni yechish-laridagi shaxsiy imkoniyatlarga va qiyinchiliklarni bosib o'tishlariga bog'liqdir. Tadbirkorlar orasida o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, 80% tadbirkorlar o'z imkoniyatlarini yuqori baholagan bo'lsalar, 20%i o'z imkoniyatlariga aniq baho berishga ikkilanishgan. Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, tadbirkorlar aksariyat qismi o'z imkoniyatlari va muvaffaqiyatlarini bir-biriga yaqin, o'xshash baholashdi. Bu esa, tadbirkorda faoliyatdagi muvaffaqiyatga erishish motivasiyasi o'z imkoniyatlarini ko'ra bilish va mustaqillikning muhim o'rin tutishidan dalolat beradi. Muvaffaqiyatni yuqori baholash ijobiy holat hisoblanib, bu statistik jihatdan tadbirkorlarning ishonchlilik va raqobatbardoshliligini baholash bilan bog'liqdir. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yaxshi iqtisodiy sharoitni baholash 7 balli shkala bo'yicha o'tkazildi. Shu bilan birga ushbu masala bo'yicha 5% darajadagi ishonchli farqlar topildi. O'zbekistonning markaziy shaharlaridan kelgan tadbirkorlar toshkentliklarga nisbatan yaxshiroq tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va rivojlanishtirish uchun asosiy omil sifatida yaxshi iqtisodiy shart-sharoitni baholadilar. Korrelyasion tahlil natijalari ham biznesning samarali rivojlanishi ushbu omilga, ya'ni ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaxshi tashkillashtirilishiga bog'liqligini ko'rsatdi. O'tkazilgan to'rta qiyosiy tahlillarning barchasi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga jalb qiluvchi hamda undovchi (motivlovchi) psixologik omillar orasida tadbirkorlar o'zini takomillashtirish, mustaqillik, moddiy ta'minlanganlik, atrofdagilar orasida obro'-e'tiborga, mavqega ega bo'lish, boshqa insonlar uchun ishning foyda keltirishi, shuningdek, ushbu faoliyat turining tamomila yangi ekanligini sanab o'tishdi. Shuningdek, o'tkazilgan tahlil quyidagi xulosalarni ilgari surish imkonini ham berdi. Birinchidan, kishilarda o'zlarining xususiy biznesini tashkil etishga turtki beradigan yana bir ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.07 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc