yetuklik davri psixologiyasi! Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo'lib, bu darvning o'ziga xos bo'lib, bu davrning o'ziga xos xusuiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabaxalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlardan farqlanadi: Mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga, mehnat jamoasi a'zolarining xususiyatiga moslashish (ko'nikma)- mehnat faoliyatining dastlabki yillari (ta'minan1 yildan 3 yilgacha) jamoada o'z o'rnini topish va qadr qimmatga erishish; Mutaxassis sifatida o'zini takomilashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasb-korlik mahoratini egallash; mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy yetuklikni namoyish qilish yoki ijod faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko'rsatish. Yuqoridagi bosqichlar barcha kasbkor egalariga xos bo'lsa-da, lekin ishlab chiqarishga ertaroq va kechroq kirib kelgan odamlar o'rtasida yosh jihatdan tafovut mavjud bo'ladi. Masalan, kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yigit-qizlar o'z mehnat faoliyatini oliy ma'lumotli yoshlardan oldin boshlaydilar, biroq ular ham mazkur bosqichlarni bosib o'tishlari shart. hozirgi mutaxassislarning ko'pchiligi o'quv yurtlaridagi nazariy bilimlar bilan amaliy ko'nikmalar o'rtasida uzilish mavjudligi sababli mustaqil faoliyatning dastlabki kunlaridan boshalab qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu qiyinchiliklar o'z mohiyatiga ko'ra 3 xildir: a) ijtimoiy qiyinchiliklar: notanish muhitni shart-sharoitlari, shaxslararo munosabatlarlar, mehnat jamoasining saviyasi, undagi kishilarning xarakter xislatlari, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari, ma'naviyati, anxanalari va xakazo; b)bilim va bilimga oid qiyinchiliklar: maxsus o'quv yurtida olgan bilimlaridagi uzilishlar, saviyaning cheklanganligi, ijodiy izlanish faoliyatining zaifligi, tashabbuskorlikning yetishmasligi va boshqalar; v) mutaxassislik bilan bog'liq o'ziga xos qiyinchiliklar, ishlab chiqarishning mohiyati, xususiyati, texnologiya, qurilmalar, asboblar, amaliy ko'nikmaning bo'shligi yoki ular bilan yetarli darajada tanishmaganlik, kasbning iqtisodiy negizini to'la anglab yetmaslik, xavfsizlik texnikasi muammolari oldida lol qolish. Psixofiziolog P.P.Lazarevning fikricha, eshitish, ko'rish, periferik va kinesttetik sezgirlikningo'zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma'lumotni chet el psixologlari Ful'ds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib aqliy va mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisobladilar. B.G.Anan'ev o'zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o'zgarishlarni murakkab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy (mantiqiy funksiyalar) sodda jarayonlargacha (organizmdan issiqlik paydo bo'lishdan metobolizm-modda almashinuvigacha), xatto shaxsning xususiyatigacha bo'lgan holatlarni o'z ichiga qamrab olishini matematik usullarga aoslangan ilmiy ma'lumotlar va ularning chuqur sifat tahlili orqali ko'rsatib o'tadi. Ko'zlarning farqlashdagi sezgirligi inson yoshiga qarab o'zgarishini tadqiq qilgan S.V.Kravkov ko'rish sezgirligining ortishi 25 yoshgacha davom etishini, barqarorlashuvi esa 25 yoshdan keyin ham davom qilishini ta'kidlaydi. B.G.Anan'ev labaratoriyasidan olingan natijalar inson funktsional darajasining 23-27 yoshlaridagi yigit-qizlarda 44%, funktsional holatning barqarorlashuvi 19,8%, funktsional darajasining pasayishi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.9 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.9 MB
Ko'rishlar soni
78 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: pptx