Yordamchi maktab o'quvchilar tarkibiga psixologik tavsifnoma berish

Yordamchi maktab o'quvchilar tarkibiga psixologik tavsifnoma berish

O'quvchilarga / Psixologiya
Yordamchi maktab o'quvchilar tarkibiga psixologik tavsifnoma berish - rasmi

Material tavsifi

R e j a: Yordamchi maktab bolalar tarkibi I-guruh bolalar II-guruh bolalar aqli zaiflik darajalari aqli zaiflikka bosh miyadagi turli zararlanishlar sabab bo'ladi. Bularga bosh miyaning turli shamollash kasalliklari, entsefalitlar, meningoentsefalitlar, intoksikatsiyalar, endokrin bezlar kasalliklari, turli modda almashinuvining buzilishlari, tug'ilishda va undan keyin olingan jarohatlar, ekologik muhitning buzilishi, turli kimyoviy dori-darmonlarning salbiy ta'siri va boshqa sabablar kiradi. Bu kasalliklarning mohiyati, hamda namoyon bo'lish xususiyatlari psixiatriya va nevropatologiya fanlarida batafsil ochib beriladi. Yordamchi maktab o'quvchilarining psixologik tavsifnomasi shu maktabda ishlayotgan defektologlar uchun bolalar bilan ta'lim-tarbiya, kuzatish ishlarini to'g'ri tashkil qilish uchun nixoyatda zarur. o'qituvchilar, tarbiyachilar xar bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlarini bilishi asosida, ular bilan tegishli individual korreksion, tarbiyaviy ishlarni to'g'ri tashkil etishlari mumkin. Turli kasalliklar natijasida bolaning markaziy asab tizimi turli darajada buziladi. Bola ruhiyati turli ko'rinish, xususiyatlarga ega bo'ladi. o'qituvchi bolaning aqli zaiflik sabablarini, koldirgan asoratlarni, uning kechish qonuniyatlarini bilishi talab etiladi. Diagnozni bilish, kasallik tarixi bilan tanishish asosida o'qituvchi, tarbiyachilar bolalarning axloqida uchraydigan turli buzilish sabablarini tushunib eta oladi. Yordamchi maktablarda xar bir bola uchun tutiladigan shaxsiy varakalarda kasallik diagnozi, tarixi batafsil bayon etiladi. Yordamchi maktabning barcha o'quvchilarini amaliy maqsadda ikki guruhga bo'lish mumkin. Birinchi guruhga kiradigan bolalar asosan o'z rivojlanishlarining malum davrida, malum bosh miya kasalligini boshidan kechirgan va shu kasallik koldirgan nuqson asosida rivojlanayotgan, amalda esa sog bolalar kiradi. Bu xolni kuyidagicha soddalashtirib tushuntirish mumkin. Bamisoli inson tanasining biror joyi kuyib kolsa, albatta, kuyish davolab yuborilgach, uning o'rnida chandik koladi. Bu chandik so'zsiz bosh miyaning zararlanishidan farq qiladi. Shu sababli, bu guruhga kiruvchi bolalarni amalda sog bolalar deb nomladik. Ikkinchi guruhga bosh miyasidagi kasalliklari davom etayotgan bolalar kiradi. Bu bolalar yordamchi maktablarda ukib yurgan vaqtlarida xam o'z kasalliklari davom etib, ogirlashishi xam mumkin. Shu sababli bu bolalarni vaqti-vaqti bilan maxsus shifoxonalarda davolab turish talab etiladi. Bu bolalarning ruhiy xususiyatlari, bilim egallash imkoniyatlari uzgarib turish xususiyatiga ega. Kuyida yuqoridagi ikki guruhga kiruvchi bolalar haqida kengrok tuxtalib utishga harakat kilamiz. Birinchi guruh. Bu guruhga kiruvchi bolalarni xam o'z navbatida ikki guruhchaga bo'lish mumkin. Bunday kichik guruhlarga bo'lish asosida kasallikning yuz bergan rivojlanish davri, vaqti olinadi. A. Bu guruhchaga kiradigan bolalar kasallikni homilalik, tug'ilish yoki ilk chaqaloqlik davrida boshidan kechirganlardan iborat. (oligofrenlar). B. Maktabgacha yoki ilk maktab yoshlarida kasallikni boshidan kechirgan bolalar kiradi. Xar bir kichik guruhchaga kiradigan bolalar to'g'risida qisqacha tuxtalib utamiz. Bolaning homilalik, tug'ilish va ilk chaqaloqlik yoshlarida bosh miyalari zararlanganlarni oligofrenlar deb yuritamiz. Bu so'zning tom manodagi lugaviy mazmuni aqli kamlikdir. Yordamchi maktab o'quvchilarining shaxsiy hujjatlarida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga