Yosh DAVRLAR PSIXOLOGIYASI VA TARBIYA JARAYONIDA ULARNI HISOBGA OLISH MASALALARI REJA Yosh davrlar psixologiyasi va har bir yosh davrining o'ziga xos belgilari haqida tushuncha. Ma'naviy va insoniy tasavvurlarni to'g'ri shakllantirishda ta'rifiy tadbirlar va bilimdonlikning o'rni. Har bir yoshning o'tish davridagi (krizis) inqirozlarning kelib chiqish sababi va unga ta'sir etuvchi omillar. Bolaning psixik o'sishida o'yinning ahamiyati. Bolaning shaxs xususiyatlari va qobiliyatlarini aniqlash usullari. O'tgan ajdodlarimiz yosh psixologiyasining muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo'nalishda, ma'lum konstepstiya asosida o'rganmagan bo'lsalar ham, allomalarning asarlarida mazkur holatlarning aks etishi, namoyon bo'lishi, rivojlanishi va o'zgarishlari to'g'risida qimmatli fikrlar bildirilgan. Bular to'rt xil manbalarda uchraydi. Ularning biri - xalq ijodiyoti: rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; ikkinchisi, maxsus ijodkor kishilar ( hatto, hukmdorlar) muayyan shaxsga bag'ishlab yozgan o'git-nasihat va hikoyatlar; uchinchisi, qomusiy. O'rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy-nazariy qarashlari; to'rtinchisi, turli davlatlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodining maxsullari, ya'ni badiy asarlardir. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabaqalash muammosi dastlab L.S.Vugotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning asarlari bilan shug'ullanuvchilar safi kengayib bordi, shu boisdan tabaqalanish kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan o'zaro keskin farqlanadi. Hozir yosh davrlarini tabaqalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofiqdir. L.S.Vugotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabaqalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muayyan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi: Chaqaloqlik davri inqirozi. Go'daklik davri inqirozi -2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqirozi. Ilk bolalik davri - 1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqirozi. Maktabgacha davr - 3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz. Maktab yoshi davr - 6 yoshdan 12 yoshgacha. 12 yoshdagi inqiroz. Pubertat (jinsiy etilish) davri - 14 yoshdan 16 yoshgacha. 17 yoshdagi inqiroz. Olim o'z asarlarida har bir davrning o'ziga xos xususiyatlarini chuqur ilmiy ta'riflay olgan. Eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Biroq bu mulohazalarida ancha munozarali, bahsli o'rinlar ham uchraydi. Umuman L.S.Vugotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishini amalga oshiruvchi inqirozlar roli to'g'risida mulohazalari va olg'a surgan g'oyalari hozirgi kunning talabiga mosdir. L.S.Vugotskiyning shogirdi L.I.Bojovich insonning kamol topishini yosh davrlariga bo'lishda motivlarni asos qilib oldi, shuning uchun bu bo'lishni motivastion yondashish, deb atash mumkin. L.I.Bojovichning mulohazasiga ko'ra yosh davrlari quyidagi bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich - chaqaloqlik: tug'ilganidan 1 yoshgacha; Ikkinchi bosqich - motivastion tasavvur: 1 yoshdan 3 yoshgacha; Uchinchi bosqich - Menni anglash davri: 3 yoshdan 7 yoshgacha; To'rtinchi bosqich - ijtimoiy jonzotlikni anglash davri: 7 yoshdan 11 yoshgacha; Beshinchi ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.69 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: doc