Yosh davrlari psixologiyasi fanining prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari

Yosh davrlari psixologiyasi fanining prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh davrlari psixologiyasi fanining prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Yosh davrlari psixologiyasi fanining prinsiplari va ilmiy tadqiqot metodlari Reja: Yosh psixologiya va pedagogika. Psixologiyada tadqiqotlarni tashkil etish metodlari va metodikasi. Kuzatish metodi. Eksperiment metodi. Anketa tortish va test topshiriqlari. Suhbat metodi. Mazkur fan sohasi o'zining predmeti hamda vazifasini umumiy psixologiyaning asosiy prinsiplari va qoidalariga tayangan holda belgilaydi. Yosh davri psixologiyasi quyidagi prinsiplarga rioya qiladi. 1. Dialektik materializm ta'limotiga binoan psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati va yoki miyaning mahsulidir. Odatda psixika tashqi dunyoning sezgi organlari orqali insonning miyasiga bevosita ta'sir etishi asosida vujudga kelib sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, nutq, xayol kabi bilish jarayonlarida, shuningdek, shaxsning xususiyatlari va holatlarida, diqqat, his-tuyg'u va xarakter xislatlarida, qiziqish va ehtiyojlarida o'z ifodasini topadi. 2. Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotadi. Tashqi dunyodan kirib keladigan qo'zg'atuvchilarga ichki yoki tashqi biologik organlar javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanadi va ular tashqi ta'sirning natijasida hosil bo'ladi. Bosh miya po'stlog'ida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari I.P.Pavlovning nerv jarayonlarining irradiatsiyasi hamda o'zaro induktsiyasi qonunlari zamirida ro'y beradi. Bu qonunlar turli yo'sindagi muvaqqat bog'lanishlar, assotsiatsiyalar qanday yuz berayotganini, qanday shart-sharoitlarda tormozlanishini (qo'zg'alishini), muvaqqat bog'lanishlarning yo'qolayotgani yoki paydol bo'layotganini tushuntirish imkonini beradi. Psixofiziologik qonuniyatlarga binoan miyaning funksiyasi muvaqqat nerv bog'lanishlarining birlashish mehanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanzmlari ta'sirida hosil bo'ladi. Yuqoridagi ta'limotga ko'ra har ikkala mexanzm hayvonlarning tashqi olamga munosabatini aksettiradi. Shuning uchun psixik faoliyat voqelikni aks ettirishda, oliy nerv faoliyatining tashqi olamini timsollar sifatida ifodalashidan iborat. 3. Psixikani tadqiq etish insonning butun (Ontogenezidagi) ongli faoliyatini - uning hamnazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o'rganishdir. Odam zotining ongliligi uning turli-tuman faoliyatida (o'yin, mehnat, o'qishda), xatti-harakatlarida namoyon bo'ladi. Inson shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo'lgan nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topa boradi. Bunda muhit, irsiy belgilari, tarbiya asosiy omillar hisoblanadi. Inson o'zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, ijtimoiy-siyosiy muhit ta'siri ostida bilimlarini o'zlashtirib boradi, ijtimoiylashadi, tarixan o'zgaradi. Ontegenzda uning his-tuyg'ulari, harakateri, qobiliyati, tafakkuri, ehtiyojlari. e'tiqodlari, uni faollikka da'vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari. tilaklari, hoxishlari pozitsiyasi ham asta-sekin o'zgarib boradi. 4. Insonning bilish faoliyati (jarayonlari) rivojlanishi unga o'zini qurshab turgan borliqni yanadi chuqurroq, to'g'riroq, to'laroq va aniqroq aks ettrish imkoniyatini yaratadi va u borliqning asl mohiyatini, turli yo'sindagi o'zaro bog'lanishlar, murakkab munosabatlar va aloqalarni tobora aniqroq yoritadi. shu bilan birga mazkur jarayonlarda shakllanib kelayotgan inosnning borliqqa, voqelikka, jismlarga, kishilarga va o'ziga munosabati vujudga keladi. 5. Inson ongining rivojlanishi uning tashqi olamni faol aks ettirishda namoyon bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.94 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.94 KB
Ko'rishlar soni 62 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga