Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti - rasmi

Material tavsifi

Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti R e j a : Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmetihaqida tushuncha. Fanning asosiy rivojlanish bosqichlari. Psixik rivojlanish talqinida 2 ta asosiy: biogenetik va sociogenetik yo'nalishlar. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy tadqiqot metodlari. Ontogenez - organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo'lgan individual rivojlanish yo'li. Pedologiya - XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologiyaning amaliy tarmoqlari va eksperimental pedagogika asosida vujudga kelgan fan bo'lib, uning predmeti bolaning psixologik, anatomo - fiziologik, biologik taraqqiyotidir. Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik rivojlanish jarayonini shakllanishi hamda o'zaro munosabatlari qonuniyatlarini o'rganishdir. Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta'lim va tarbiya jarayonining psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini o'rganishdir. Fanning rivojlanish bosqichlari. O'tgan ajdodlarimizning ham qomusiy asarlarida bola taraqqiyoti va tarbiyasi masalalari katta o'rin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning Masalalar mohiyati, Abu Rayhon Beruniyning O'tmish yodgorliklari, Ibn Sinoning Tib qonunlari asarlari, A.Navoiyning Mahbub ul-qulub va boshqa juda ko'p asarlar shular jumlasidandir. Umuman sharq va Ғarb madaniyatida ham psixologik - pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVII asrlarda diniy-axloqiy negizda yozilgan. XVII asrga kelibgina ma'lum uslubga ega bo'lgan ilmiy fikrlar vujudga kela boshladi. Rus social-demokratlari A.N.Gercen, N.G.Cherkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, V.G.Belenskiylarning inson kamoloti to'g'risidagi qarashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo'shdi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g'oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo'yicha qimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar. XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini talqin etuvchi 2 ta yo'nalish: biogenetik va sociogenetik yo'nalish vakillari yuzaga keldi. Biogenetik yo'nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-yon turadi, lekin etakchi rolni biologik ya'ni irsiy omillar bajaradi. Bunday qarashning ko'zga ko'ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo'lib, u Gekelning biogenetik qonunini psixologiyada bevosita ko'chiradi. Bu nazariyaga ko'ra bola o'z psixik taraqqiyotida insonning tarixiy rivojlanish bosqichlarini qisqargan holda boshdan kechiradi. Sociogenetik yo'nalish vakillari esa ijtimoiy omillarni etakchi deb hisoblaydilar. Ғarbda keng tarqalgan nazariyalar jumlasiga rollar nazariyasi K.Levinning Fazoviy zarurat maydoni nazariyasi va boshqalar kiradi. XX asrning 20-30 yillaridan boshlab Rossiyada yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya intensiv rivojlandi. Shu davrda L.V.Vigotskiyning oliy psixik funkciyalarini rivojlanish nazariyasi yaratildi. Jumladan L.S.Vigotskiy psixik taraqqiyotni 2 zonaga: real va yaqin zonaga bo'lib o'rgandi. Barcha boshqa psixologiyaning tarmoqlari singari yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya ham o'z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy empirik metodlari quyidagilar: a) kuzatish U tashqi kuzatish va o'z-o'zini kuzatish ko'rinishlarida bo'lishi mumkin. Lekin bu metod har doim ham psixik jarayonlarning xususiyatlari haqida to'liq ma'lumot bera olmaydi. b) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.7 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.7 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga