Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Yosh oila. Yosh oila va sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish

Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Yosh oila. Yosh oila va sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Yosh oila. Yosh oila va sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish - rasmi

Material tavsifi

Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari. Yosh oila. Yosh oila va sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish Reja: Yosh oila: munosabatlar modeli va xususiyatlari Yosh oila va sog'lom turmush tarzini barqarorlashtirish Yosh oilalarning ijtimoiy va psixologik muammolari Yoshlarni nikoholdi tibbiy ko'rikdan o'tkazish va nikohning mustahkamligi Yosh oila deb, avvalo, yer va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya'ni, yer va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to'g'riroq bo'lib, qachon turmush qurganligidan qat'iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma'noda katta mehnat stajiga ega bo'lmaydi, va ko'p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo'lib, uy bekasi bo'lib o'tirib qolishi ehtimoli katta. Agar ikkinchi yondashuv bo'yicha yosh oilani oilada yashash muddatiga ko'ra tabaqalashtirilsa, unda u yoki bu jamiyatda nikoh yoshining o'rtacha ko'rsatgichi ortib yoki kamayib borishini nazarda tutish lozim. Chunki ayrim davlatda va ayrim milliy-madaniy muhitda yoshlarni juda erta turmush qurishi rag'batlantirilsa, boshqalarida, ayniqsa, oxirgi yillarda aksincha, yigit va qizlarning kasb-hunar orttirish bo'yicha professional malakaga erishish asosiy qadriyat hisoblangan sharoitlarda 30 yoshdan oshgan odam endi oila qurgan yoki xali ham turmush qurmagan bo'lishi ham mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya kabi rivojlangan Yevropava Amerika davlatlarida, Sharqiy Osiyoning rivojlangan mamlakatlarida (Yaponiya, Koreya kabi) nikoh yoshi yil sayin ortib, ayrim mamlakatlarda bu raqam 30 yoshdan ham o'tib ketmoqda. Juda erta turmush qrish qanchalik oila va uning barqarorligi bilan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bog'liq bo'lsa, kech turmush qurish ham qator salbiy asoratlar va moddiy-ma'naviy qiyinchiliklar bilan, eng muhim yer va xotinning salomatligi holati, tug'ilajak zurriyodning sog'lom tug'ilishi bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi. Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi: juda yosh oila - nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha; yosh oila - 5 yildan 9 yilgacha; o'rta oilaviy hayot muddati - 10 yildan 19 yilgacha; katta oilaviy hayot muddati - 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi. Ko'plab olimlarning ta'kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o'zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo'lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo'lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg'un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko'rgan-kechirganlarini uchun o'z oilasida qo'llay bilish mahoratiga bevosita bog'liqdir. Lekin baribir har bir oila aynan yoshlik davrida muaytsyan qiyinchiliklarni boshdan kechiradiki, bu muammolar quyidagi holatlarga bog'liq tarzda namoyon bo'ladi: oilaviy hayotni bir maromda kechishini ta'minlash, ishlash, o'qish yoki boshqa masalalarni xal qilish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 42.64 KB
Ko'rishlar soni 58 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga