Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada yosh davrlarini tabakalash muammolari Psixologiya fanida yosh davrlarini tabakalash bœyicha turlicha usullar mavjuddir. Bu inson shaxsini tadqiq qilishga har xil nuqtai-nazardan yondushudi va mazkur muammoning mohiyatini turlicha yoritadi. Malumki, xar bir davr œzining muhim hayotiy sharoitlari, ehtiyojlari va faoliyati, œziga xos qarama-qarshiliklari, psixikasining sifat xususiyatlari va psixik jihatdan xarakterli yangi sifatlarning hosil bœlishi Bilan ajralib turadi. Ќar bir davr œzidan oldingi davr tomonidan tayyorlanib, uning asosida paydo bœladi va œz navbatida, œzidan keyingi davrning paydo bœlishi uchu nasos bœlib xizmat qiladi. Shu œrinda psixologiyada mavjud yosh davrlarini tabakalash nazariyalariga urgu burib œtsak. Shveytsariyalik psixolog J.Piajening aql-idrok nazariyasi, aql-idrok funksiyalari hamda uning davrlari haqidagi ta'limotni œz ichiga oladi. aql-idrokning asosiy vazifalari, moslashish va kœnikishdan iborat bœlib, bu uning doimiy vazifalar turkumini tashkil etadi. Muallif bola aql-idrokini quyidagi psixik rivojlanish davrlariga tasniflaydi: 1) sensomotor intellekti-tug'ilgandan 2 yoshgacha; 2) operatsiyagacha tafakkur davri-2 yoshdan 7 yoshgacha; 3) aniq operatsiyalar davri-7, 8 yoshdan-11, 12 yoshgacha; 4) rasmiy operatsiyalar davri. fransuz psixologi A.Vallon esa yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi: 1) homilaning ona kornidagi davri; 2) impulsiv harakat davri-tug'ilgandan 6 oylikkacha; 3) his-tuyg'u davri (emotsional)-6 oylikdan 1 yoshgacha; 4) sensomotor (idrok bilan harakatning uyg'unlashuvi) davri-1 yoshdan 3 yoshgacha; 5) personamum (shaxsga aylanish) davri-3 yoshdan 5yoshgacha; 6) farqlash davri-6 yoshdan 11 yoshgacha; 7) jinsiy etilish va œspirinlik davri-12 yoshdan 18 yoshgacha. Rus psixologiyasidagi yosh davrlarini tabakalash muammosi dastlab L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, B.G.Ananev singari yirik psixologlarning sarlarida œz aksini topa boshlagan. Keyinchalik bu muammo Bilan shugullanuvchilar safi ortib bordi, shu bois yosh davrlarini tasniflash muammosi œzining kelib chiqishi, ilmiy manbai, rivojlanish jarayonlariga yondashilishi nuqtai nazaridan bir-biridan keskin farq qiladi. Ќozirgi vaqtda yosh davrlarini tabakalash yuzasidan mulohaza yuritishda olimlarning ilmiy qarashlarini muayyan guruhlarga ajratish va ularning mohiyatini ochish maqsadga muvofikdir. L.S.Vigotskiy psixologlarning yosh davrlarini tabakalash nazariyalarini tanqidiy tahlil qilib, muyayan rivojlanishni vujudga keltiruvchi ruhiy yangilanishlarga tayanib yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratadi; 1. chaqaloqlik davri inqirozi. 2. Gœdaklik davri-2 oylikdan 1 yoshgacha. Bir yoshdagi inqiroz. 3.Ilk bolalik davri-1 yoshdan 3 yoshgacha. 3 yoshdagi inqiroz. 4. Maktabgacha davr-3 yoshdan 7 yoshgacha. 7 yoshdagi inqiroz. 5. Maktab yoshi davri-8 yoshdan 12 yoshgacha. 13 yoshdagi inqiroz. 6. Pubertat (jinsiy etilish) davri-14 yoshdan 18 yoshgacha. 17 yoshdagi inqiroz. L.S.Vigotskiy œzining yosh davrlarini tabakalash nazariyasini ilmiy asoslab, ta'riflab Bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida iilmiy va Amaliy ahamiyatga molik mulohazalar bildirgan. Birok bu mulohazalarda ancha munozarali, bahsli œrinlar xam mavjud. Umuman L.S.Vigotskiyning yosh davrlarini tabakalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.19 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.19 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc