Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti

Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyaning predmeti - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Yosh psixologiyasi va pendagogik psixologiyaning predmeti. 2. Yosh va pedagogik psixologiyaning tarixi. 3. L.S.Vigotskiyning yuksak psixik funksiyalar haqidagi naziryasi. 4. sharq mutafakkirlarining bola tarbiyasi haqidagi fikrlari. 5. ta'lim-tarbiyaning hozirgi asosiy nazariyalari. 6. Yosh va pedagogik psixologiyaning metodlari. Tayanch iboralar: Yosh psixologiyasi, pedagogik psixologiya, ta'lim tarbiya nazariyalari, tashkiliy metod, empirik, natijalarni qayta tiklash, sharhlash. XXI asr bo'sag'asida juda kuplab davlatlarda bo'lgani kabi dunyo xaritasida munosib urin olgan mustaqil O'zbekistonda xam barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini xar kachongidan xam yuqori saviyaga kutarib, inson va uning mukammalligi, o'z ustida ishlashi, o'z mukammalligi xususida kaygurish muammosi xar kachongidan xam dolzarb masalaga aylandi. Milliy Dasturda etirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol toptirish, yosh avlod ongining ta'lim olish davridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan uzlashtirishi va undagi aqliy, intellektual qobiliyatlarga nechoglik ta'sir kursatayotganligini o'rganish, ma'naviy barkamollik tamoyillarini maktabda va yangi tipdagi ta'lim muassasalarida joriy etish xam shaxs psixologiyasini teran bilgan holda o'qitishning eng ilg'or va zamonaviy shakllarini amaliyotga tadbiq etishni takozo etadi. Yosh davrlari psixologiyasi fanining mavzu bahsi bolaning tug'ilishidan boshlab voyaga etgunicha xar psixologik rivojlanishi, shaxsining tarkib topishi muammolarini, ularning psixologik mexanizmlarini o'rganishdan iborat. Pedagogik psixologiya esa ta'lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlari va mexanizmlarini o'rganadi. Yosh va pedagogik psixologiya alohida predmet sifatida XIX asr boshlarida vujudga kelgan. Rossiyada mazkur sohadagi tadqiqotchilar namunalari sharq va g'arb madaniyati ta'sirida inson ruhiyati bilan bog'liq kator og'zaki va yozma, amaliy va ilmiy asarlarda paydo bula boshladi. Dastlabki pedagogik-psixologik mazmunidagi asarlar 17-18 asrlarda diniy-axloqiy tarzda yozilganedi. 18 asrdan boshlab bolalar psixologiyasi bo'yicha muayyan tartibga, yo'nalishga va uslubga ega bo'lgan ilmiy fikrlar vujudga keldi. Jumladan, K.R.Ushinskiyning «Inson tarbiya predmeti», N.F. Kapterifning «Pedagogik psixologiya», I.A.Sikorskiyning «Bola ruhi», A.F.Lazurskiyning «Maktab ukuchisining tavsifi», P.F. Lesgaftning «Oilada bola tarbiyasi va uning ahamiyati» asarlari psixologik ilmiy tadqiqotni shakllantirishga xizmat kildi. I.M. Sechenov psixikaning reflektor xususiyatini kashf qilib fan olamida keskin o'zgarish yasadi. I.P.Pavlov kashf etgan kator qonuniyatlar, xossalar, 2-signallar sistemasi eksperimental ishlarni olib borishga puxta zamin hozirladi. Sechenov va Pavlov g'oyalariga P.O.Efrusi, N.Ye.Ribakov, K.N.Kornikov, P.P.Blonskiy, L.S. Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo'yicha kimmatli tadqiqotlarni amalga oshirdilar va yangidan-yangi qonuniyatlarni yaratdilar. XIX asr oxiri XX asr boshlarida AKSh va g'arbiy Yevropamamlakatlarida yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan kator asarlar paydo buldi. Amerikalik psixolog U.Djems «o'qituvchilar bilan psixologiya to'g'risida suhbat (1902)» asarida yosh davrining xususiyatlari xususidagi ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo'lgan ma'lumotlarni chuqur tahlil kildi. K.Byuler faoliyatining har xil yosh davrlardagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.95 KB
Ko'rishlar soni 74 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga