Yuridik psixologiyani o'qitishning metodik xususiyatlari Yuridik (huquqiy) psixologiya-huquqiy qoidalarni qo'llash va huquqiy faoliyatda ishtirok etayotgan odamlarning psixik hayoti xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rgatuvchi fandir, boshqacha aytganda, bu huquq doirasida qo'llanilish va uning subyektlari, ya'ni huquqni himoya qilish organlari psixologiyasi haqidagi fandir. Yuridik psixologiya daviat ta'Iimi tizimida yuridik institutlar va universitetlarning yuridik fakultetlarida o'rganiladi, u huquqni himoya qilish tizimi o'quv yurtlarida iqtisodiy va boshqaruv o'quv muassasalarida o'qitiladi. Talaba yuristlarga bu fanni o'qitishdan maqsad olim-huquqshunoslar yuristning psixologik madaniyatini shakllantirishni maqsad deb biladilar; bu madaniyat yuridik faoliyatni samarasini oshiradi, uning insonparvarlashuviga yordam beradi. «Yuristning psixologik madaniyati - deb yozadi mualliflardan biri -yuridik organlarning xizmatchilarda doimo psixologik bilimlar bo'lishini hamda yuqori madaniyatli munosabatlarni ta'minlovchi qo'shimcha uslublar shakllanishini ham ko'zda tutadi». Shunday qilib, gap psixologik bilimli yuristlar haqida boradi, chunki ularning faoliyatida odamlar bilan ishlash birinchi o'rinda turadi va bu ishning muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ana shu odamlarning psixologiyasini bilish kerak. Yuridik psixologiya fani boshqa o'quv yurtlarida ham o'qitiladi: ijtimoiy himoya, ishlab chiqarish pedagogikasi, biznes (menejment va marketing) sohalarida isluash uchun amaliy psixologiya bo'yicha ixlisoslikdagi talablar shu bilan birga bu yerda o'qitish umumiy psixologiya va psixologiya fanning boshqa sohalari asosida o'qitiladi va bo'lajak psixologlardan farqli psixologiya fanlarining katta to'plami o'qitiladi. Shuning uchun, albatta, psixologlar uchun yuridik psixologiya kursi dasturiga umumiy psixologik savollar kiritilmaydi, boshqa psixologik bo'lmagan mutaxassislik talabalar uchun ular o'quv fanining mazmunini taxminan yarmini tashkil etadi. Mamlakatimiz huquqiy daviat yo'lida borar ekan yuiidik (huquqiy) psixologiya kelajakda huquq o'rganiladigan hamma o'quv yurtlarida o'qitiladi deb ko'zda tutish mumkin. Gap' shundaki, bu fanni o'rganishda talaba-psixolog psixologiyaning nazariyasiga emas balki huquqiy bilimlarni qo'llash faoliyati jarayonida haqiqiy yuzaga keladigan turli vaziyatlarni psixologik tahlil qilishga asosiy e'tiborlarni qaratishlari kerak. Bu bilan U o'zini qonunni himoya qilish organlari ishchilariga ularning faoliyatlarida psixologik yordam beruvchi konsultant yoki ekspert vazifalarini bajarishga tayyorlaydi. Boshqacha aytganda, yuridik psixologiyani o'rganishda talaba - yurist uchun uning mumkin bo'lgan mijozlari odamlar psixologiyasi haqida bilimlarni olish asosiy hisoblansa, talaba - psixolog uchun esa - yuristning faoliyatining psixologik mazmunini o'rganish hisoblanadi. Buning uchun u yurist-prudensiyalarda bo'lmasa ham, unda hech bo'lmaganda yuridik psixologiyadan bilimlari bo'lishi kerak, ana shularni hisobga olib asosiy yo'naltiruvchi muammoli savollar va o'quv masalalari tuzilgan. Quyidagi taklif etilgan masalalami hal etib talaba - psixolog o'zini biri tergovchi, biri sudya, biri ayblanuvchi, biri guvoh, inspektor, advokat yoki prokuror o'rnida xayolan tasawur etadi. Bunday rollarda xayolan bo'lish yuridik psixologiyani asosan o'quv va maxsus yuridik adabiyotlari bo'yicha o'rganishga to'g'ri kelishi sababli kerakdir. Mana shuning uchun psixolog tasvirlash maqsadida aniq bir faoliyatni tasawur etish ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.32 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.32 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc