Zamonaviy tadbirkor psixogrammasi hamda professiogrammasi Reja: 1. Psixogrammalarni tuzish bosqichlari 2. Zaruriy kasbiy sifatlar 3. Zaruriy kasbiy sifatlarning baholanishi 4. Professiogramma mazmuniga chizgilar Hozirgi zamon tadbirqorining faoliyatini tahlil qilishdan avval, ilgarigi bo'limlarda tahlil etilgan nazariy manbalar asosida tadbirkorga xos bo'lishi lozim bo'lgan sifatlar xususida to'xtab o'tish kerak. Psixogrammalarni tuzish bosqichlari Psixogramma atamasi fanga XX asr boshida nemis psixologi V.Shtern tomonidan kiritilgan. Psixogramma - faoliyatning psixologik xarakteristikalari tasnifi. Mazmuniga ko'ra, bu metodika konkret shaxsning psixologik portretini o'rganishga yo'naltirilgan. Shuningdek, Shtern, shaxsning barcha qirralarini emas, balki faoliyatga yo'naltirilgan muhim tomonlarini qamrab oluvchi psixogrammaning qisman (boshlang'ich) tuzilishini ham taklif qiladi. Professional muvaffaqiyatini ta'minlovchi zaruriy kasbiy sifatlar (ZKS)ni umumlashtirish orqali, uning psixogrammasi tuziladi. Bu yerda gap biror kasbda faoliyat yuritayotgan shaxs xususida emas, balki malakali mutaxassis portreti namunasi haqida ketmoqda. Psixogramma tarkibi - har tomonlama chuqur o'rganilgan zaruriy kasbiy sifatlarning baholanishlari yig'indisidir. Fanda bu jarayon professiograflash, deb ataladi. Mutaxassislarning ta'kidlashlaricha psixogrammalarni tuzish bosqichlari quyidagicha bo'ladi: Mutaxassis tomonidan eng birinchi o'rinda bajarilishi shart bo'lgan vazifalarni aniqlash; Maqsadga erishish harakat dasturini qayta ko'rib chiqish (ichki va tashqi bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar rejasini tahlil qilish); Yetakchi kasbiy faoliyat harakatida tez-tez uchraydigan ahamiyatli psixik funksiyalar, jarayonlar, qobiliyatlar va ularning ishtirokini ta'minlash. Shu tarzda tadbirkorning psixik ishchi funksional modelini tashkil etuvchi talab darajasidagi rivojlanishini quyida keltiriladigan kasbiy sifatlar (ZKS) orqali tuzish mumkin. 2. Zaruriy kasbiy sifatlar Zaruriy kasbiy sifatlar (ZKS) - tadbirkorning mustahkam individual-shaxsiy xususiyatlar shakllanishiga zarar ko'rsatmaydigan kasbiy faoliyatga, bilim, malaka va o'quvlarni samarali o'zlashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi sifatlar (psixik funksiyalar) majmudir (4.6-chizma). 16.3. Psixik funksiyalarning turlari Psixologiya fanida psixik funksiyalarning quyidagi asosiy turlari farqlanadi: sezgi organlari (ko'rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish) orqali amalga oshiriladigan qabul qilish harakatlari; xotiraga asoslanadigan mnemik harakatlar; tasavvurlar jarayoni (tizimi)ga asoslanadigan imajinitiv yoki obrazli harakatlar; tafakkur va fikrlashga asoslanuvchi (texnik, mantiqiy-so'zli, ijtimoiy) oddiy yoki murakkab mantiqiy obrazli harakatlar; kasbiy muloqotlar asosini tashkil qiluvchi interpersonal harakatlar; anglangan kasbiy xulq-atvorni nazorat qiluvchi harakatlar boshqaruvi va o'zini-o'zi boshqarish tanani (qo'l barmoqlari, oyoqlar, yuz ifodalari va b.) maqsadli boshqarishni asolaydigan psixomotor yoki kasbiy xatti-harakatlar. 3. Zaruriy kasbiy sifatlarning baholanishi (3 ballik shkalada) 4.3-jadvalda bir qator soha mutaxassislari, jumladan, diler-tashkilotchi, radio-apparaturalar tuzatuvchisi, gid-tarjimon, sartarosh-vizajist, dizayner-interyer hamda kiyimlar bo'yicha modelyer-konstruktorning zaruriy kasbiy sifatlari (ZKS) 3 ballik shkalada baholanishini o'z ifodasini topgan va bu o'z navbatida mutaxassis psixogrammasini asoslashga xizmat qiladi. 4.3-jadval Psixogrammaga misollar 5. Professiogramma mazmuniga chizgilar (a) Kasbiy mehnat. Mehnat obyekti. Trudogramma (kasbiy mehnatga chizgilar). Trudogramma mazmunini quyidagilar: kasb missiyasi va uning jamiyatda tutgan o'rni; kasbning jamiyatga tatbiq ...

Joylangan
12 Oct 2024 | 09:45:34
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.76 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:12
Arxiv ichida: doc
Joylangan
12 Oct 2024 [ 09:45 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
98.76 KB
Ko'rishlar soni
67 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:12 ]
Arxiv ichida: doc