Bilish jarayonlari. Sezgi Reja: Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari. Sezgining neyrofiziologik asoslari. Sezgi turlarining psixologik tavsifi. Tayanch so'z va iboralar: Ekstroretseptiv, interoretseptiv, propriretseptiv, statik, organik, periferik, afferent, efferent 1. Sezgi to'g'risida umumiy tushuncha Jahon psixologiyasi fanida to'plangan ma'lumotlarning ko'rsatishicha, sezish oddiy psixik bilish jarayoni hisoblanib, moddiy qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta'sir etishi orqali real olamdagi narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini va shuning bilan birga, inson organizmining (uning a'zolarining) ichki holatlarini aks ettirishdan iborat bilishning dastlabki bosqichidir. Sezgilar moddiy (obyektiv) borliqning, vokelikning haqqoniy tasvirini inikos qiladi, binobarin, moddiy olam qanday ko'rinishga, shaklga, xususiyatga ega bo'lsa, ular xuddi shundayligicha hech o'zgarishsiz, aynan aks ettirish imkoniyatiga egadir. Jahon psixologiyasi fanining so'nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikatsiya qilinadi: 1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retsetorlarga tananing sirtqi qismiga joylashgan sezgilar, yani eksterioretseptiv sezgilar; 2) ichki tana a'zolari holatlarini inikos etuvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to'qimalarida joylashgan sezgilar, yani interorstssptiv sszgilar; 3) tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot beruvchi, muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, yani proprioretseptiv sezgilar. Birinchi turkum sezgilarni ko'rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, tam-maza, kabi turlar tashkil qiladi. Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarni o'zaro o'rin almashtirish balansini ta'minlab turishning asosi hisoblanadi. Boshqacha so'z bshtan aytganda, ular organizmlardagi jarayonlarni o'zaro o'rin almashib turishidir. Ichdan paydo bo'ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo'riqish, affekt holatlarini yo'kotish, tug'ilib kelayotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo'naltirilgan bo'ladi. Proprioretseptiv sezgilar tana va gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatiing regulyatorini va afferent asosini tashkil qiladilar. Periferik retseptorlar muskullarda, paylarda va bo'gimlarda joylashgan bo'lib, maxsus tanachayaari shakliga egadirlar. 2. Psixologiya fanida sezgi nazariyalari Psixologiya fanida shunday ilmiy dalillar mavjudki, mabodo inson axborotlarning shoxobchasidai mahrum bo'lsa, u holda u uyqu holatiga sho'ng'iydi. Nemis faylasufi Xristian Volf Ratsional psixologiya (1732 yil) va Empirik psixologiya (1734 yil) kitoblarida: ongning ichki holati, aqliy fikr yuritishga qobiliyatlilik tabiiy moddiy asos zamiridan kelib chiqib, tashqi olamdan kelib tushadigan axborotlar shoxobchasiga, yani sezgi kanaliga, hech qanday bog'liq emas deb |ushuntirishga harakat qildi. Sezgilarga mana bunday yondashish nazariyotchisi fanga ratsionalizm tushunchasi bilan birga kirib keldi. X. Volf va uning tarafdorlari psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira va boshqalar) murakkab ijtimoiy - tarixiy taraqqiyot mahsuli emas, degan g'oyani ilgari surdilar. Shuning bilan birga 'Ong, Aql tarixiy evolyutsiya natijasi emas deb, inson psixikasiga o'zgacha yondashib, uni izohlab berish mushkul bo'lgan birlamchi xususiyat ekanligini tushuntirishga intildilar. 3. Sezgining neyrofiziologik asoslari. Insondagi ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
33.88 KB
Ko'rishlar soni
446 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
33.88 KB
Ko'rishlar soni
446 marta
Ko'chirishlar soni
53 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:31 ]
Arxiv ichida: ppt