RAHBAR (BOShQARUV) MAHORATI TYeXNOLOGIYaLARI Inson tabiati haqida mulohazalar BIZ QANDAY TARZDA O'RGANAMIZ? 55 % ko'rish orqali; 35 % eshitish orqali; 4 % hidlash orqali; 5 % paypaslash va tana orqali; 1% esa tatib ko'rish orqali AXBOROTNI BIZ QANDAY ESLAB QOLAMIZ? Biz axborotning: 10% ini adabiyot o'qish orqali; 20% ini eshitish orqali, 30% ini ko'rish orqali, 50% ini kompleks tarzida( ko'rish va eshitish va yozib olish ); 70% ini ma'lumotni muhokama qilish yordamida; 90% ini ko'rib, eshitib, biror ish qilayotib, amalga oshirilgan ishning mazmunini muhokama qilish va erishilgan natijalarni baholash yordamida eslab qolamiz. Inson borlig'i va uning mohiyatini anglash Ergashuvchilar sonini ko'paytirish va shaxslararo muvaffaqiyatli aloqa o'rnatish san'atini egallash uchun bosiladigan birinchi qadam bu insonning borlig'i va uning haqiqiy mohiyatini anglashdir. Siz inson va uning tabiatini, nega insonlar o'zlarini unday yoki bunday tutishlarini haqiqatdan tushunib etib, ular hal qiluvchi vaziyatlarda malum hodisaga nega aynan shu tarzda munosabat bildirishlarini anglaganingizda sizni shaxslararo aloqalarni o'rnatish san'atini muvaffaqiyatli egallagan inson deb atash mumkin. Buning uchun esa odam o'zini ular o'rniga qo'yishi lozim, lekin odamlarni o'zicha muhokama qilish kerak emas, shuningdek, o'z xohishini boshqalarniki bilan bir xil, deb o'ylash ham noto'g'ri bo'lur edi. INSONNI UNING BORLIQ VA MOHIYaTI ORQALI ANGLASh - BU INSON MOHIYaTINI O'Z TABIATI ASOSIDA ANIQLASh USULIDIR. Har holda odamlar o'zlarida nimani ifoda etishadi? Avvalombor inson o'zgaga emas, o'ziga bo'lgan qiziqishni namoyon qiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, uning o'ziga bo'lgan etibori boshqalarga qaratgan etiboridan ming marta ustun turadi. Va siz ham xuddi shunday! Siz uchun garchi bunday emas deb o'ylasangizda shaxsiy manfaatingiz dunyodagi xohlagan insonning manfaatlaridan yuqoridir. Insoniy harakatlar fikrlar va tuyg'ularga asoslanganini yodda tutmoq lozim. Bu o'ziga xoslik insonning hayotida chuqur iz qoldirgan. hatto filantrop uchun eng katta yutuq kimningdir foydasiga saxovatli bo'lish emas, balki boshqarish natijasida paydo bo'ladigan lazzatlanish va xursandchilikdir. Insonlar avval o'zlari uchun g'amxo'rlik qilishadi degan haqiqat alifbosi sizning boshqa odamlar bilan munosabatlaringiz asosini tashkil qiladi. Siz boshqarayotgan odamlar avvalo siz bilan emas, o'zlari bilan qiziqadilar Boshqa odamlar bilan qanday qilib mohirona suhbat qurish mumkin? Belgilangan ishlarni bajarishda boshqa odamlar bilan muloqot qurganda, ko'proq ularni qiziqtiradigan mavzu tanlashga harakat qiling. Bu qanaqa mavzu? Albatta, ularning o'zi, ishlari haqida suhbatlashganingizda, ular butunlay maftun bo'lib, ko'tarinki va xursand kayfiyatda bo'lishadi va sizga nisbatan ularda simpatiya uyg'onadi. Suhbat vaqtida ular haqida gapirsangiz bu inson tabiatiga mos keladi. Agar suhbatda o'zingiz haqingizda gapirsangiz, inson tabiatiga qarshi chiqqan bo'lasiz. Suhbat davomida siz o'z lug'atingizdan men, o'zim, meniki kabi so'zlarni chiqarib tashlang MYeN, MYeNING kabi ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
284.11 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
284.11 KB
Ko'rishlar soni
254 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: pptx