BOShQARUV MULOQOTINING PSIXOLOGIK ASOSLARI Rahbar - boshqa odamlarga o'xshagan odam, faqat buni uning o'zi bilmaydi. Reymond Chandler Muloqot nima? Muloqot- shaxslararo munosabatlar va o'zaro ta'sirning alohida shakli. 3 xil ko'rinishda bo'ladi: 1) o'zaro fikr almashinuv (kommunikativ ko'rinish). 2) o'zaro ta'sir ko'rsatishi (interaktiv ko'rinish). 3) o'zaro bir-birini tushunish (pertseptiv ko'rinish). Boshqaruv muloqoti nima? Boshqaruv muloqoti - odamlarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish maqsadida ular bilan muloqotga kirishishdir. Rahbar uch xil maqsadda muloqotga kirishadi: 1) topshiriq berish maqsadida; 2) topshiriqning ijrosini nazorat qilish maqsadida; 3) topshiriq ijrosini baholash maqsadida. Topshiriq berish bosqichi Biz muhimi topshiriqning bajarilishi deb o'ylaymiz. Bu noto'g'ri. Rahbar nima uchun xodim topshiriqni bajarganligini,bajarayotganda nima haqda o'ylaganligini, bajarishga nima majbur etganini bilmog'i lozim. Bu psixologiyada motiv deb ataladi. Motiv fransuzcha so'z bo'lib, faoliyatga undovchi sabab degan manoni anglatadi. Yaxshi rahbar nafaqat ish natijasiga, balki ijrochining faoliyati natijalariga ham etibor qaratishi lozim. Buyruq berish oson, biroq Tavsiya Xodimingizning ishni shunchaki bajarishi muhim emas, balki ichki bir intilish, shaxsiy tashabbus, ijodkorona ruh bilan bajarishi muhim. Buning uchun xodimingizga inson sifatida yondoshing. Uning nafaqat ish joyi, maoshi, moddiy manfaatdorligiga, balki ruhiyatiga ham nazar tashlang. Ishga undovchi psixologik kuch - bu xodimning malum ishni bajarish istagidir. Chunki ichki istak bilan bajarilgan ish rag'batsiz bajarilgan ishdan sifat jihatdan farq qiladi. Rahbar o'z xodimiga topshiriqni shunday berishi kerakki, tokim unda o'sha ishni bajarish istagi paydo bo'lsin. Yana motiv haqida Siz xodimingizga topshiriq berganingizda qanday sabab uni ijroga etaklayotganini bilib olishingiz zarur. Bu - motivni bilish degani. Motiv ikki xil bo'ladi: tashqi (u siz buyruq berganingiz uchun bajarayapti), ichki (o'zining istagi borligi uchun ham bajarayapti). Motivning kuchini ham bilishingiz zarur, yani istaklarning kuchli yoki kuchsizligini.(Shunga ko'ra ish alo, o'rta va past darajada bajariladi). Siz qanday insonsiz? Buni aniqlash uchun quyidagi psixologik testni o'zingizda sinab ko'ring. PSIXOGYeOMYeTRIK TYeST Mehnatkash, ko'p ishlaydi, tirishqoq, chidamli, maqsadga intiluvchan, - Ko'p ma'lumot olishga harakat qiladi, tartibni yoqtiradi, - Tavakkal qilishni yoqtirmaydi, tez qaror qabul qila olmaydi, fikrlab (o'ylab) ish qiladi, mulohazali, noaniq vaziyatlarni yoqtirmaydi, fikridan qaytmaydi Muloqotga moyil, kirishimli, - Ezgu (yaxshi) niyatli, g'amho'r, saxiy, kuyunuvchan, ishonuvchan, xotirjam, - O'zgalar fikriga etiborli, o'zgalarni ishontira oladi - O'zgarishlarga intiluvchan; - ijodiy, bilimga tashna, g'oyalarga boy, xayolparast, - kelajakka umid bilan qaraydi va intiladi, - yangiliklarni qabul qiladi - tashabbuskor, - kayfiyat, harakatlari o'zgarib turadi - qog'ozlar bilan ishlashni yoqtirmaydi - hazilkash - pul tejashni bilmaydi - Lider, hukmronlikka intiluvchan; - g'olib bo'lishga intiladi; - o'z-o'ziga, kuchiga isxonadi; - tez qaror qabul qiladi; - o'tkir ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
855.96 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
855.96 KB
Ko'rishlar soni
290 marta
Ko'chirishlar soni
45 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
Arxiv ichida: ppt