Diqqat mavzuda taqdimot

Diqqat mavzuda taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Diqqat mavzuda taqdimot - rasmi

Material tavsifi

DIQQAT Reja: 1. Diqqatning mohiyati. 2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari. 3. Diqqatning vazifalari va turlari. 4. Diqqatning xossalari. 5. Diqqatning rivojlanishi. P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to'plab muayyan bir ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. Diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir ob'ektga faol qaratilishiga aytiladi. Fransuz olimi Kyuve geniallikni chidamli diqqat deb ta'riflashi, Nyutonning kashfiyot fikrni doimo shu masalaga qaratilish jarayoni, deyishi, K.D.Ushinskiyning «diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o'tib kiradi» degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Yo'naltirish deganda psihik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob'ektni ihtiyoriy va beihtiyoriy tanlash tushuniladi. Psihik faoliyatning yo'naltirilishi deganda ana shu tanlashgina tushunilib qolmay, balki ana shu tanlanganni saqlash va qo'llab-quvvatlash tushuniladi. Diqqat odatda o'zining sirtqi ya'ni tashqi alomatlariga ega bo'lib ular quyidagilardan iborat: Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi. Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to'htaydi. Jiddiy diqqatning hususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Uchinchidan, kuchli diqqat paytida kishining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan mahsus refleks yotadi. Bunday refleksni akademik I.P.Pavlov mahsus ibora bilan «bu nima gap refleksi» deb ataladi. Ana shu refleks odatda organizmga to'satdan birorta yangi narsaning ta'siri orqali hosil bo'ladi. Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi hisoblanadi «Miya yarim sharlarining optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismida -deydi I.P.Pavlov, - yangi shartli reflekslar engillik bilan hosil bo'ladi va differensirovkalar muvaffaqiyatli ravishda paydo bo'ladi. Shunday qilib, optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan joy ayni choqda bosh miya yarim sharlarining ijodga layoqatli qismi desa bo'ladi. Miya yarim sharlarining sust qo'zg'algan boshqa ?ismlari bunday hususiyatga qobil emas. Ularning ayni choqda funksiyasi juda nari borganda tegishli qo'zg'ovchilar asosida ilgaridan hosil qilingan reflekslarni qayta tiklashdan iboratdir». Akademik I.P.Pavlov diqqatning fiziologik asoslarini quyidagi fikrni ilgari suradi: Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o'tish joiz. CH. SHerrington tomonidan belgilangan va akademik I.P. Pavlov tomonidan keng qo'llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po'stlog'ining biror sohasida yuzaga keladigan qo'zg'alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo'ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). Irradiatsiya hodisasi sodir bo'ladigan bosh miya po'stlog'i sohasida qo'zg'alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o'rnatiladi. Bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta'minlaydi. Г.Югай. Н.Мираширова Умумий психология Тошкент 134б A.A.Uhtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.01 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 189.01 KB
Ko'rishlar soni 207 marta
Ko'chirishlar soni 21 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga