Diqqat tushunchasi va mohiyati taqdimot

Diqqat tushunchasi va mohiyati taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Diqqat tushunchasi va mohiyati taqdimot - rasmi

Material tavsifi

DIQQAT Reja: 1. Diqqat tushunchasi va mohiyati 2. Diqqatning asosiy turlari va xususiyatlari 3. Diqqatning nerv fiziologik mexanizmlari 4. Diqqatning pedagogik psixologiyada o'rganilishi Tayanch so'z va iboralar: Diqqat, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ifodalilik, ko'rgazmalilik, neyrofiziologik, diqqat neyronlari, sinchkovlik. 1. Diqqat tushunchasi va mohiyati Psixologiya fanida dikqatga har xil ta'rif beriladi, uni yori-tishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. diqqat deb ongni bir nuqtaga to'plab, muayyan bir obyektga aktiv qaratilishiga aytiladi. Jahon psixologlarining fikricha, diqqat uzluksiz ravishda, muayyan darajada aktivlik xususiyatini saqlab turadi. Bunday aktivlik, ongning biron bir obyektga o'ynalishining kuchayishi va malum vaqt davomida diqqat yo'naltirilgan narsaga ongning faol qaratilishini regulirovka qilib turadi hamda mazkur holatning saqlanishini ta'minlaydi. Shuni alohida takidlab o'tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Shuning uchun barcha psixik jarayonlarda qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta'sir etadi. Shu boisdan dikqat qaratilgan obyektlar ong to'plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, diqqat-aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini taminlovchi insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining zaruriy shartidir. Dikqat muayyan obyektga to'planishi ko'p jihatdan insonning his-tuyg'usi, irodaviy sifati, qiziqishi kabilarga bog'liqdir. His-tuyg'ular va emotsional holatlar diqqatning obyekti bilan uzviy bog'langandagina uning uchun ijobiy ahamiyat kasb etadi. His-tuyg'ular, emotsional holatlar qanchalik kuchli va ko'tarinki tarzda namoyon bo'lsa, demak, diqqat ham shunchalik obyektga mustahkam qaratiladi. Hislar, emotsiyalar diqqatning ham ixtiyorsiz, ham ixtiyoriy turlarini zo'raytiradi. Insonning amaliy va aqliy faoliyati jarayonida uning ongi muayyan darajada yangi bilimlar ma'lumotlar bilan boyib borishi natijasida diqqat ham takomillashadi. 2. Diqqatning asosiy turlari va xususiyatlari Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari mavjud. Psixologiyada diqqatning ixtiyoriy turi, ko'pincha irodaviy deb nomlanadi. Ixtiyorsiz diqqat faoliyatda qatnashsa, u ham irodaning zo'ri bilan yo'naltirilgan obyektda to'planib turadi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok qilishi ko'p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog'liq. Shu boisdan diqqatning kuchi, barqarorligi, mustahkamligi ildamligi odamning muayyan faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o'lchanadi. Diqqatiing obyektga to'planishi, mustahkamlanishi odamning qiziqishlariga bog'liqdir. Hatto ixtiyorsiz diqqatning faoliyatda mujassamlashishida kishnning ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. Odatda faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon bo'ladi. Diqqatning ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda vujudga kelishi o'zining yo'nalishiga ko'ra tashqi va ichki bo'lishi mumkin. Agar diqqatning manbai ongimizdan tashqarida bo'lsa tashqi deb ataladi. Inson ongining o'zida sodir bo'layotgan o'z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu istaklarini va shu kabilarni kuzatishda ichki diqqat yuzaga keladi. Diqqatning ko'chuvchanligi-faoliyat jarayonida diqqatni ongli ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chirilishi. Diqkatning taqsimlanishi-diqqatning bir vaqtning o'zida bir qancha obyektlarga karatilishidan iborat xususiyati. Diqqatnit taqsimlanishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.83 KB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.83 KB
Ko'rishlar soni 333 marta
Ko'chirishlar soni 30 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga