Hayol tushunchasi va mohiyati taqdimot

Hayol tushunchasi va mohiyati taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Hayol tushunchasi va mohiyati taqdimot - rasmi

Material tavsifi

xayol TUShUNChASI VA MOHIYaTI Reja: xayol to'g'risida umumiy tushuncha xayol turlari va xususiyatlari xayol jarayonlarining fiziologik asoslari xayol shakllari to'g'risida tushuncha Tayanch so'z va iboralar: Passiv, aktiv, ijodiy, orzu, tush, fantaziya, agglyutinatsiya, giperbolizatsiya. 1. xayol to'g'risida umumiy tushuncha Psixologiyada xayol tafakkur singari bilish jarayonlaridai biri hisoblanib, u insoniy ichki va tashqi xususiyatli va izlanishli faoliyatida, muayyan darajaga ega bo'lgan muammoli vaziyatning vujudga kelishi va uning hal qilinishida ishtirok etadi. Xayolning bilish jarayoni sifatidagi asosiy vazifasi shundan iboratki, u amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularning timsollar tariqasida vujudga keltirishdan iboratdir. Xayol bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada hukm suradi, ularni aks ettirish imkoniyatining to'laroq ro'yobga chiqishiga yordam beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bsvosita aloqada bo'ladi, xuddi shu boisdan ularning har ikkalasi ham bashorat qilish, oldindan payqash, sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyatiga ega. Shuning uchun ular o'rtasida bir qator o'xshashliklar va ayrim farqlar mavjuddir. Bu holat quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 1) xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va topshiriqlar yechish jarayonida tug'iladi; 2) yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda umumiylik mavjud; 3) xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo'lishi shaxsning ehtiyojlariga bevosita bog'liq; 4) ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug'iladi; 5) xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, tushunchalar. bilvositalik xususiyati orqali ro'yobga chiqadi. Xayolning eng ahamiyatli tomoni shundan iboratki, u tafakkur predmetiga taalluqli holatlardagi yetishmovchilikda ham u yoki bu yo'l bilan muammoli vaziyatdan engilroq chiqib ketishga muhim zamin hozirlaydi. Insonda mavjud narsalarning ichki tuzilishi, uning rivojlanishi, o'zgarishi to'g'risidagi ma'lumotlarning yetishmasligi tufayli shaxs xayolga va fantaziyaga murojaat qiladi. Chunki, xayol insonning aqliy zo'r berishda, stress, affekt holatlarida asab tizimining tangligidan xalos etib, tana a'zolari funksiyasini tiklaydi, ishchanlik qobilyatini barqarorlashtiradi. 2. Xayol turlari to'g'risida umumiy tushuncha Inson quyidagi holatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo'lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson hech qanday yo'l bilan hal qilib bo'lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushning og'ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish niyatida; 3)shaxsiy nuqsonlarning taqibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik holatga uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo'lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo'q xatti-harakatlar dasturini namoyon etadi. Yuqoridagi mulohazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to'g'risida ham muayyan ma'lumotlar mavjuddir. Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko'rinishlarga bo'linadi. O'zining mohiyati bilan tasavvurlarga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.47 KB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.47 KB
Ko'rishlar soni 335 marta
Ko'chirishlar soni 40 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga