hissiyot VA IRODA Reja: 1. His-tuyg'u haqida tushuncha. 2. His-tuyg'ularning fiziologik asosi 3. His-tuyg'ularning boshdan kechirish shakllari 4. Iroda tushunchasi va shaxs motivatsiyasida irodaning ahamiyati. 5. Iroda jarayoniga olimlarning nazariy qarashlari 6. Shaxsning irodaviy sifatlari shakllantirish masalalri Tayanch so'z va iboralar: Hissiyot. His-tuyg'ularni boshdan kechirish shakllari-emotsiya. Affekt. Kayfiyat. Stress.Asosiy hissiy holatlar: qiziqish, quvonch, hayratlanish, iztirob chekish, g'azablanish, nafratlanish, jirkanish, qo'rquv, uyalish. Ehtiros. Muhabbat. Iroda. Irodaviy akt. Yalqovlik. Qatiylik, O'jarlik va uning xususiyatlari. 1. His-tuyg'ular haqida tushuncha Huc-tuyg'ular - kishining o'z hayotida nimal ar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His - tuyg'ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron- bir narsani idrok etish va tushunib etish, biron -bir narsa to'g'risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, malum yoki nomalum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birlikda ro'y beradi. His-tuyg'ular - voqelikni aks ettirishning o'ziga xos shakllaridan biridir. Agar bilish jarayonlarida narsalar va voqelikdagi hodisalar aks etsa, his -tuyg'ularda esa subyektning o'ziga xos ehtiyojlari bilan qo'shilib, o'zi bilib olayotgan va o'zgartirayotgan narsalarga va voqelik hodisalariga nisbatan uning munosabati aks etadi. Emotsiyalar voqealarning ko'ngildagidek yoki noxush yuz berayotgani, subyektning konkret va shaxslararo munosabatlar tizimidagi holatining ko'p yo oz darajada aniqligi haqida axborot beradi va bu bilan uning munosabat va faoliyat sharoitidagi xatti - harakati boshqarib, to'g'rilab turishini ta'minlaydi. 2. His-tuyg'ularning fiziologik asoslari Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional holatlar, his - tuyg'ularning kechinishi ham miya faoliyatining natijasi hisoblanadi. His - tuyg'ular kechinishiga xos fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog'liqdir. shartli reflekslar tizimi katta yarim sharlar qobig'ida tutashgan va mustahkamlangan bo'ladi, murakkab shartsiz reflekslar esa yarim sharlarning qobiq osti bo'lmalari, miya o'qiga taalluqli qurish tepaliklari va nerv qo'zg'alishini miyaning oliy bo'lmadaridan vegetativ nerv tizimiga yetkazib beradigan boshqa markazlar orqali amalga oshiriladi. His - tuyg'ularning kechirilishi miya qobig'i va qobiq osti markazlarining birgalikdagi faoliyati natijasi hisoblanadi. Katta yarim sharlarning qobig'i tabiiy sharoitlarda qobiq osti markazlariga tormozlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi va shu taxlitda his - tuyg'ularning tashqi ifodalari yuzaga chiqarilmasdan, ichda saqlanib qoladi. Agar miya qobig'i g'oyat kuchli qo'zg'atuvchilar ta'siri ostida, ortiqcha charchash va mast bo'lish oqibatida me'yoridan ortiqcha qo'zg'atilgan bo'lsa, bu holda irradiatsiya natijasida qobiqdan pastdagi markazlar ham qayta qo'zg'aladi, oqibatda odatdagi vazminlik yo'qoladi. Agar teskari induksiya yuz bergan taqdirda yarim sharlarning qobiq osti yo'llarida va oraliq miyada keng tormozlanish jarayoni yoyiladigan bo'lsa, ro'han ezilish, mushaklar harakatida susayish yoki qisilish, yurak - qon tomir faoliyati va nafas ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
38.15 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
38.15 KB
Ko'rishlar soni
347 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: ppt