Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari

Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari - rasmi

Material tavsifi

…,,bu yorug' dunyoda hayot bor ekan,oila bor.Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne'mat bor. Farzand bor ekan, odamzod hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi''[1]. [1] I. A. Karimov Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch- T. O'zbekiston- 2008 yil - 56 bet. Hozirgi zamon oilalarining asosiy funksiyalari. Har bir oila ijtimoiy tizim strukturasi sifatida jamiyat oldida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy funksiyalari deganda: Jamiyatning oilaga ta'siri, umumiy ijtimoiy tizimda, oilaning o'rni, oilaning hal qiladigan ijtimoiy - jamoatchilik funksiyalarini tushunish lozim. Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida hozirgi zamon oilasining asosiy funksiyalari qo'yidagilar: Oilaning reproduktiv funksiya oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va uning bajarilishi deyilganda - oila sonining qayta tiklanishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo'lishi lozimligi nazarda tutiladi. Oilaning tarbiyaviy funksiyasi - shaxs ma'naviyati uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e'tiqotidagialoqador ko'nikmalar majmui asosanoilada shakllanadi, oila - haqiqiy ma'naviyat o'chog'i, tarbiya omili va muhitidir. . Oilaning kommunikativ funksiyasi - oila a'zolarining o'zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. nekriativ funksiyasi - o'zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko'rsatish,bir - birining salomatligini mustahkamlash, oila a'zolari dam olishini tahlil etishdir. Oilaning felitsitologik funksiyasi - oilaviy munosabatlar tizimida shaxsiy baxtga erishishga intilish holatidir. Oilaning reguliyativ funksiyasi - oila a'zolari o'rtasidagio'zaro munosabatlarni boshqarish,birlamchi ijtimoiy nazorat o'rnatish, oilada ustunlik va obro'ni amalgam oshirish jarayonidir. Oilaning relaksatsiya funksiyasi - oilaning relaksatsiya funksiyasi - oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy - jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini qayta tiklash demakdir. Sharq mutafakkirlarining oilaviy munosabatlar haqidagi qarashlari. Abu Ali ibn Sino:oilaviy munosabatlarning turli tomonlarini yoritar ekan,Ibn Sino,avvalam bor oila bashlig'I oldiga qator talablarni qo'yadi.Oila bashlig'i deb yozadi u, ham nazariy, han amaliyjihatdan oilada tarbiya masalalarini mukammal o'zlashtirmog'i lozim. Agar oila boshlig'i tajribasiz bo'lsa, u o'z a'zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi, oxir iqibat u ijobiy natijalarga erisha olmaydi, yomon tarbiya nafaqat ushbu oila, balki qo'shmilarga, mahalla-ko'yga ham yomon ta'sir qilishi mumkin.Oiladagi bola tarbiyasi ota-onaning jamiyatda tutgan mavqeyidan qat'iy nazar,ularning birlamchi vazifasidir, deb hisoblaydi Ibn Sino. Yusuf Xos Hojib: Shoirning fikricha, farzand ko'rish va unga tarbiya berush har bir Inson uchun buyuk baxtdir, ularsiz hayotning ma'nosi yo'q. Lekin bu narsa ota-onaga Juda katta mas'uliyatyuklaydiki, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham Farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham Yusuf Xos Hojib oilaviy tarbiyani bola axloqiy Taraqqiyotining asosi, debhisoblagan: Agar bolaning xulqi yomon bo'lsa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 300.13 KB
Ko'rishlar soni 430 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 300.13 KB
Ko'rishlar soni 430 marta
Ko'chirishlar soni 42 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga