IDROK TUShUNChASI VA ASOSIY MYeXANIZMLARI Reja: Idrok to'g'risida umumiy tushuncha Idrok xususiyatlari Idrok apertsepsiya hodisasi Idrokda illyuziya holatlari Tayanch so'z va iboralar: Adaptatsiya, appertseptsiya, illyuziya, gallyutsinatsiya, attraksiya, analitika 1. Idrok to'g'risida umumiy tushuncha Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo'lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko'nikmalar bir davrning o'zida namoyon bo'ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appertseptsiya» deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribala-qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadkiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar, ma'lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo'lishi, muayyan obyektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita inikos qilinadi. Idrok jarayonida uning fenomenlari muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, inikosning turlicha aniqlikda namoyon bo'lishi mumkinligi to'g'risida ma'lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya yany yo'q narsalarning ko'rinishi, eshitilishi, sezilishi, illyuziya, adashish, yanglishish degan manoni bildiradi, attraksiya o'ziga tortish, mahliyo etish, tushunchalar orqali nomlanadi. Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko'rinishga ega bo'lishi mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo'q narsalarning ko'zga ko'rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo'q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar. Aksariyat illyuziyalar ko'rinadigai harakatlar bilan bog'liqdir, a) qorong'ilikda harakatsiz yorug'lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi; b) fazoviy jihatdai yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez suratlar bilan namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi; v) harakatsiz obyektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo'nalishga qo'yish harakat tuyg'usini paydo qiladi. Attraksiya insonni o'zi bilan o'zga o'rtasidagi munosabatda namoyon bo'lib, o'ziga maxliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo'zg'atuvchilar, motivlar ta'sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko'rinish, istarasining issiqligi; 2) subyektga nisbatan rishtasiz bog'lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o'xshashlikning mavjudligi; sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar. Idrokning muhim tomonlaridan biri- uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo'lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda, bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o'zlashtirilgai bilimlari, to'plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik- sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Idrokning yana bir muhim xususiyati - uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Malumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko'pqirrali, ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
34.83 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
34.83 KB
Ko'rishlar soni
266 marta
Ko'chirishlar soni
18 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: ppt