4-Mavzu: Shaxsning ijtimoiy borliqni bilishi. Idrok, diqqat va sezgi jarayonlarini boshqarish Bilish jarayonlari va professional faoliyat Idrok va idrok qilish qonunlari Xotira va uning qonunlari Tafakkur va uning turlari Tafakkur shakllari va operatsiyalari Reja: . Bilish jarayoni Psixikaning namoyon bo'lish shakllari bu oddiy psixik jarayon bo'lib, u moddiy hayotdagi hodisalar va narsalarning ayrim xususiyatlarini aks etishidan iboratdir. Bu jarayon insoning sezgi organlari orqali amalga oshirilmaydi. Sezgi organlari narsa haqida axborot qabul qilib, uni tanlaydi va yig'adi so'ngra miyaga uzatadi. Sezgi Bilishning keyingi bosqichi idrok qilish bo'lib, bunda hodisa va narsalar sezgi organlariga bevosita ta'sir qilish natijasidan inson ongida ularning aksi hosil bo'lishidan iboratdir. Idrok jarayonida sezgi natijalari tartiblanadi va jonlanib, hodisa va narsalarning butun obrazi hosil bo'ladi. Idrok Idrok tushunchasi lotin tilida qabul qilish demakdir. Psixologlarning fikricha, inson nimaniki idrok qilsa, uni figura va fonda idrok etadi. Figura shunday narsaki, uni aniq anglash, ajratish, ko'rish va eshitish mumkin Fon- noaniq, umumiyroq narsa yani aniq obyektni ajratishga yordam beradi Masalan:1. Gavjum bozorda ketayotgan taqdirda ham o'z ismingizni birov aytib chaqirsa, darrov o'sha tarafga qaraysiz, Bunda figura ism, fon esa bozordagi shovqin fon rolini o'ynaydi. 2. Gul bozorida qizil gul sizga yoqib qoldi, o'shani xarid qilasiz, qolgan gullar fon rolini o'ynaydi. Idrok Bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko'plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga aynan kerak bo'lgan obyektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks etishimizni ta'minlaydi, yani idrok asosida narsa va hodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadi. Idrok sezgi jarayonlaridan tashkil topadi Idrok Idrok qilish qonunlari A. Figura va fonning ilgargi harakatiga bog'liqligi. Inson ilgargi tajribasida bo'lgan, bevosita to'qnash kelgan narsalarni idrok qilishga moyil bo'ladi. Agar biror predmetni u ilgari figura sifatida idrok qilgan bo'lsa, keyingi safar ham uni figuraday idrok qiladi. M: Xorijda yurgan o'zbek turistlari misolida ko'rishimiz mumkin. B. Idrokning konstantliligi. Konstantlik-konstanta so'zidan olingan bo'lib, o'zgarmas, doimiy manosini anglatadi. Odam o'ziga tanish bo'lgan narsani o'sha xossa va xususiyatlar bilan o'zgarishsiz idrok qilishga moyil. M: samolyot ichidan yerga qaraganingizda Avtomobil, yo'llar , uylar, okean va dengizlar kichkina bo'lib ko'rinadi, lekin siz ularni ilgariday idrok etasiz V. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta'siri Bizning idrokimiz ayni paytda nimalarni kutayotganimizga bog'liq bo'lib qoladi. Ko'rgimiz kelgan narsani ko'ramiz yoki eshitgimiz kelgan narsani eshitamiz. M: yolg'iz qolib kimnidir kutayotgan bo'lsangiz, har qanday juda sekin eshitilgan sharpa ham oyoq toshuvi bo'lib eshitiladi. G. O'zgarmas ma'lumotning idrok qilmasligi Muntazam ta'sir etuvchi ma'lumot ongda uzoq ushlab turilmaydi. M: o'tirganingizda soatning tovush eshitiladi, malum vaqt o'tgach, guyoki yo'q bo'lib qolganday ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
81.67 KB
Ko'rishlar soni
329 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
81.67 KB
Ko'rishlar soni
329 marta
Ko'chirishlar soni
36 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: ppt