Inson, individ, shaxs va individuallik

Inson, individ, shaxs va individuallik

O'quvchilarga / Psixologiya
Inson, individ, shaxs va individuallik - rasmi

Material tavsifi

ShAXS RYeJA: 1. Inson, individ, shaxs va individuallik. 2. «Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish. 3. Shaxs tuzilishi. 4. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy nisbatlar muammosi. 5. Shaxs haqida psixologik nazariyalar. 6. O'zini anglash, o'zini baholash va shaxsiy da'vogarlik darajasi. 7. Shaxsning psixologik himoyasi. 8. Shaxs shakllanishi va taraqqiyoti. TAYaNCh TUShUNChALAR: Individ - biologik turning umumiy irsiy xossalarini tashuvchi biologik organizm (har bir odam individ bo'lib tug'iladi). Endopsixika - shaxs psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o'zaro bog'liqligi. Ekzopsixika - shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, hukmron hissiyotlari, egallagan bilimlari, tajribalari. e'tiqodlar - shaxsni o'z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. Inson, individ, shaxs va individuallik. Saxs muayyan jamiyatda yashovchi faoliyatning biror turi bilan shug'ullanuvchi, kishilar bilan normal til orqali munosabatga kirishuvchi ongli individga aytiladi individ sifatida dunyoga kelgan odam ijtimoiy muhit ta'sirida keyinchalik shaxsga aylanadi, shuning uchun bu jarayon ijtimoiy-tarihiy xususiyatga egadir Individuallik deganda insonning shaxsiy psihologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi Shaxs» tushunchasi tarixi va uni psixologik tarzda tushunish Shaxs tushunchasi «yuz», «soxta qiyofa» so'zlaridan kelib chiqadi. Qadimgi rus tilida «soxta qiyofa» so'zi «rol», yani, odam boshqalar bilan muloqotda bo'lganida kiyib oladigan biror-bir ijtimoiy niqob manosini anglatuvchi «rol»ni bildirar edi. Lotincha persone so'zi ham shu manoni anglatadi. Per sonare - niqob ortidan so'zlashish. Qadimgi yunon, keyinchalik esa qadimgi rim teatrlarida akter sahnaga u yoki bu - yovuz, laganbardor, payg'ambar, qahramon xarakterlari chizilgan niqobda chiqardi. Niqobning bo'yoqlari ijtimoiy vazifani bajaruvchi, u yoki bu rolni ijro etayotgan insonning axloqiy belgilariga ishorat edi. Z.Freyd ta'limotida shaxs taraqqiyoti va tarkibi irratsional, ongga qarama - qarshi bo'lgan omillar bilan tushuntiriladi va ushbu asosida psixoterapiya texnikasidan foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu ta'limot dastlab nervozlarni davolash jarayonlarida shakllangan. Z.Freyd ta'limoti individ ongsizlik holatida chuqur yashiringan psixik kuchlar (ular orasidagi eng muhimi seksual mayl - libido) va individ uchun dushman bo'lgan ijtimoiy muhitda yashab qolish zaruriyati natijasida abadul - abad yashirin urinishni o'rganadi. David Myers. Psychology.554 p ( Zigmund Freyd 1856-1939) Shaxs tuzilishi va rivojlanishi S.L.Rubinshteyn bo'yicha shaxs tuzilishi Quyidagi k'rinishga ega: Biogenetik qonunni F.Myuller va Gekkellar kashf qilishgan, biogenetik qonuniyat fanning taraqqiyoti nazariyani tashkil qilganda hamda antidarvinchilarga qarshi kurashda muayyan darajada tarihiy rol o'ynagan Biogenetik nazariyaning yirik namoyondalaridan bo'lmish amerikalik psixolog S.Xoll psixologik taraqqiyotning bosh qonuni deb rekapitulaciya qonunini (filogenezni qisqacha takrorlanishini) hisoblaydi. Uning fikricha, ontogenezdagi individual taraqqiyot filogenezning muhim bosqichlarini takrorlaydi Biogenetik koncepciyaning boshqa bir turi nemis konstitucion psixologiyasi (inson tana tuzilishiga asoslangan nazariya) ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 133.77 KB
Ko'rishlar soni 539 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:41 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 133.77 KB
Ko'rishlar soni 539 marta
Ko'chirishlar soni 120 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga