Mavzu rejasi: Shaxs va kasb. Kasbiy muhim xislatlar va ularning dinamikasi KASBLAR Shaxs istalgan kasbda o'zining mehnat vazifasi doirasida mustaqil bo'lishi kerak. Mustaqillik uchun quyidagilar zarurdir: o'z ishini qanday tartibga solishni, uning izchilligini belgilashni va nazorat qilishni, o'z harakatlariga aniqliklar va tuzatishlar kiritishni bilish; bu harakatlarni bajarish malakalariga ega bo'lish; muvaffaqiyatga erishish uchun bir-biriga qo'shib, moslashtrib olib bora bilish, muvaffaqiyatga ishonish, maqsadga erishishda matonat va tirishqoqlik, faoliyat qiyinlashgan sharoitda o'zini tuta bilish, tanqidiy fikrlash, tashabbuskorlik va intizomlilik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo'lish kerak. Bu psixik sifatlarning hammasi sistemali ravishda namoyon bo'la borib, vaqt o'tishi bilan malakali inson shaxsining psixik xususiyatlariga aylanadi. Ularni biz kasbiy faoliyatdagi mustaqillik deb ataymiz. Ishlab chiqarishning malakali shaxsiga xos bo'lgan kasbiy muhim psixologik xislatlar quyidagilardan iborat: 1. Kishilar ehtiyojlarini va, shu jumladan, o'zining ham shaxsiy ehtiyojlarini qondiruvchi, shuning bilan birga ishlab chiqarish unumdorligini va uning sifat natijalarini orttirishga qaratilgan moddiy boyliklarni hosil qilishga intilish; 2. o'zi ishlayotgan muassasa va xalq xo'jaligi sohasidagi jamoa ishining muvaffaqiyatidan manfaatdorlik; 3. texnologik vazifalarni tez va to'g'ri hal qilishga nisbatan qobiliyat, aqliy va jismoniy ishlab chiqarish vazifalarini engillik bilan, ortiqcha zo'r bermasdan va buzilishlarga yo'l qo'ymay bajarishgа chidash; 4. jamiyat uchun foydali moddiy boyliklarni hosil qilishda tobora katta yutuqlarga erishish maqsadida o'zining kasbga oid bilimlarini, malakalarini, o'quvlarini va ishlab chiqarishga oid mahoratini doim takomillashtirishga intilish. Shaxsning individual - psixik hususiyatlari turli-tumandir. Xarakterni tashkil qiluvchi xususiyatlar xarakter xislatlari deyiladi. Xarakter hislatlari 2 ta katta gruppaga bo'linadi: Xarakterning ma'naviy sifatlari-mehnatsevarlik, halollik, rostgo'ylik, mehribonlik, tashabbuskorlik, kamtarlik kabilar; Xarakterning irodaviy hislatlari-maqsadga intiluvchanlik, qat'iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, o'z-o'zini tuta bilish kabilar. Xarakter tugma o'zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlarga bog'liq holda tarkib topib, o'zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir: maxsus sharoitda, maxsus ta'lim-tarbiya ta'sirida salbiy xarakter xislatlarini bartaraf qilish, ijobiy xarakter xislatlarini tarbiyalash mumkin. Ish joyi va unga qo'yiladigan psixologik talablar. Mehnatni ilmiy tashkil etish bu mehnatni shunday tashkil qilishdirki, unda muayyan tadbirlar amaliy joriy etilishi uchun oldin mehnat jarayonlari va ularning bajarilish sharoitlari obdon ilmiy tahlil qilinadi, amaliy tadbirlarning o'zi esa hozirgi zamon fani va ilg'or tajribaga asoslanadi. Mehnatni tashkil etishga ilmiy yondashish - ishchilarning mehnat unumdorligini oshirish uchun doim intilish va ishning yangi, eng qulay usullarini qo'llashdir. Ishda yangi eng foydali tomonlarni izlash - fanda nimaiki erishilgan bo'lsa, o'quv va ishlab chiqarish mehnatida qo'llanish va foydalanish, shuningdek, ilmiy metodlardan foydalanib ishlab chiqarishdа ilgari bo'lmagan narsalarni yaratish demakdir. Ergonomika boshqa fanlar ma'lumotlaridan foydalanib hamda jamoa va insonning atrof-muhit bilan o'zaro harakati yuzasidan o'z tekshirishlarini o'tkazib, inson mehnatiga ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
1090 marta
Ko'chirishlar soni
310 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.14 MB
Ko'rishlar soni
1090 marta
Ko'chirishlar soni
310 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: pptx