Muloqot Reja: Muloqot haqida tushuncha. Nutq va uning turlari. Muloqotning inson filogenetik va ontogenetik rivojlanishidagi ahamiyati. 4. Muloqot vazifalari va turlari . 5. Muloqot axborot almashinuvi sifatida. 6. Muloqot o'zaro ta'sir sifatida. 7. Muloqot odamlarning bir-birini idrok qilishi sifatida. 8. Muloqotning rivojlanishi. Mavzuga oid tushunchalar Muloqot- hamkorlikda faoliyat ehtiyojlari bilan taqazolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayonidir. Kommunikatsiya- tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida ahborot almashinuvini anglatadi. Verbal kommunikatsiya- inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo'llaniladi. Pedagogik muloqot- bu muloqotning o'quv tarbiyaviy jarayonlarni hissiy foni va vosita, mazmunini tashkil etadi. Muloqot inson hayoti va faoliyatinnig muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z individual ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot o'ta murakkab jarayon bo'lganligi sababli unga yagona to'g'ri ta'rifni berish juda mushkul. Shuning uchun odatda muloqot tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg'u berish orqali ta'riflanadi. Muloqot- hamkorlikda faoliyat ehtiyoji bilan taqazolangan aloqa o'rnatish bva uni rivojlantirish jarayonidir. Muloqot- subyektning belgilar tizimi orqali o'zaro ta'sirlanishuvidir. Umumlashtirish funksiyasi har bir so'z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog'liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, yani muloqot muayyan ma'lumotlarni, fikrlarni, tuyg'ularni odamlar bir-birlariga yetkazib berishdan iborat bo'lgan jarayondir. Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar - turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo'g'inlar, so'zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg'ularini ifodalash imkonini beradi. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan .384 p Muloqotning qay holda va qanday tarzda amalga oshirilayotganligi jihatlariga ko'ra uch ta jihati mavjud bo'lib ular o'zining ichki tuzilishi vujudga kelish yo'llai orqali bir-biridan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat : Muloqotning kommunikativ tomoni ; Muloqotning interaktiv tomoni; Muloqotning pertseptiv tomoni. Muloqotning kommunikativ tomoni - birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar almashadilar bu esa kammunikatsiyani ahborot almashinuvi sifatida talqin etishi mumkin. U quyidagi tarkiblardan tashkil topgan: Verbal kommunikatsiya-inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo'llaniladi. Til- muomala vositasidir. U nutq orqali yuzaga chiqadi. Nutq faoliyati- 2 ga bo'linadi: 1. Tashqi nutq: -yozma nutq; - og'zaki nutq. 2. Ichki nutq: - jestlar; - mimika; - pantomimika. Muloqotning interaktiv tomoni- birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarning bir-birga ta'sir o'tkazishi tushuniladi. Uning asosiy namoyon bo'lish shakli Nizoidir. Nizo- muloqot ishtirokchilarning har biri muhim bo'lgan muammoni xal etish vaqtida ular o'rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir. Nizoning odatda 2 turi mavjud bo'lib ular quyidagilar : Destruktiv nizo; Produktiv nizo. Muloqotning pertsptiv tomoni- kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
874.96 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
874.96 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
30 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: pptx