Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi slayd

Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi slayd

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi slayd - rasmi

Material tavsifi

Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi Reja : Muloqot shaxslararo munosabatning asosi Muloqot turlari Muloqot strategiyasi. Muloqot jarayonida insonlarning o'zaro ta'siri. Muloqot o'zi nima? Muloqot- odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. Yani, har bir shaxsning jamiyatda bajaradigan faoliyatlari (mehnat, o'qish, o'yin, ijod qilish va boshqalar) o'zaro munosabat va o'zaro ta'sir shakllarini o'z ichiga oladi. «Muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayon inconlarning o'zaro ta'sir jarayoni; insonlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni; bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni». Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko'rinishlari rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o'z qo'l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti norasmiy muloqot - bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o'sha suhbatdoshlarnng fikr-o'ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko'proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni takidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, yani uning qanchalik sergapligi, ochiq ko'ngilligi, suhbatlashish yo'llarini bilish, til topishish qobiliyati, o'zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi Muloqot mazmuni va yo'nalishiga ko'ra, uning: ijtimoiy yo'naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqadigan muloqot); guruhdagi predmetga yo'naltirilgan (o'zaro hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirish mobaynidagi muloqot - mehnat, ta'lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni bajarish jarayonida guruh a'zolarining muloqoti); shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan o'z muammolarini ochish maqsadida o'rnatgan munosabatlari); pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar o'rtasida amalga oshiriladigan murakkab o'zaro ta'sir jarayoni) turlari farqlanadi. ) muloqotning psixologik tizimi va vazifalari G.M. Andreeva muloqotning quyidagi psixologik tuzilishini taklif etadi: 1. Muloqotning kommunikativ tomoni (yani muloqotga kirishuvchilar o'rtasidagi ma'lumotlar almashinuvi jarayoni). 2. Muloqotning interaktiv tomoni (yani muloqotga kirishuvchi tomonlarning xulq-atvorlariga ta'sir jarayoni). 3. Muloqotning pertseptiv tomoni (yani muloqotga kirishuvchi tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog'lik bo'lgan murakkab psixologik jarayon). Muloqot funksiyalari Masalan, taniqli rus olimi B.F. Lomov muloqotning funksiyalariga quyidagilarni kiritadi: a) ma'lumotlar almashinuvi funksiyasi; b) xulq-atvorni boshqaruv funksiyasi; v) hissiyotlar almashinuvi. o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot Izlanishlarning ko'rsatishiga pedagogning o'quvchilarga nisbatan bo'lgan ijobiy munosabati, ularga tiniq, bosiq tonda murojaat qilishi o'quvchilarda erkinlikni his qilishda yordam beradi. O'quvchilarga noto'g'ri munosabatda bo'lish ularda ishonchsizlik kam gap bo'lishiga, o'quvchilarda laganbardolik kabi yomon fazilatlar shakllanishiga olib keladi Muloqotning manosi nima? Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og'zaki nutq shakli ikki yoki undan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.87 KB
Ko'rishlar soni 919 marta
Ko'chirishlar soni 276 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 64.87 KB
Ko'rishlar soni 919 marta
Ko'chirishlar soni 276 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga