Oilaning ijtimoiy psixologik muammolari 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Mustaqil Respublikamiz Konstitutsiyasida oilaga maxsus bob ajratilib, II bo'lim, XIV bobi ''Oila''deb nomlandi. ''Ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar,''- deyiladi shu bobning 64-moddasida. 66-moddasida esa buning aksi: ''Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o'z ota-onalari haqida gamxo'rlik qilishga majburdirlar''. Bu bilan ota-ona va farzandlarning bir-biriga bo'lgan majburiyati Davlat tomonidan qonuniy muhofazaga olib qo'yildi. Oila - millat tayanchi Oila kishilarning tabiiy-biologik (jinsiy munosabatlar, uy-ro'zg'orni baoshqarish) xuquqiy (nikoxni qayd etish) ma'naviy (er-xotin, ota-ona va bolalar o'rtasidagi sеvgi, mеxr muxabbat tuyg'usi) munosabatlariga asoslangan birlik. Oila jamiyatning muhim bo'lagi sifatida quyidagi vazifalarni bajaradi: Oilaviy muammolarga psixologik yondashuv va tashxislash Oila muammosi azaldan insoniyatning diqqat markazida bo'lib kelgan. Chunki oila mustahkamligi jamiyat faravonligining asosiy negizidir. Shu sababli Respublikamiz rahbariyati har bir xonadonning tinchligini, oilalarda farzandlarning baxtli, barkamol o'sishini ta'minlashga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirmoqda. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov o'zining Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch kitobida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma'naviy o'zgarishlar bilan uyg'un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishi sifatida doimiy e'tibor berib kelmoqdamiz - deb ta'kidlashi bejiz emas Oilaviy muammolar yechimini o'rganish borasida respublikamiz psixolog olimlari tomonidan bir qator diqqatga sazovor ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Jumladan, G'.B.Shoumarov, V.M.Karimova, N.A.Sog'inov, X.K.Karimov, Sh.Sh.Jo'rayeva, F.A.Akromova, R.M.Abdullayeva, Yo.No'monova, M.O.Utepbergenov, R.A.Samarov, T.Norimbetov kabi olimlarimiz va ularning izdoshlari tomonidan so'nggi yillar davomida o'zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy rollar taqsimoti, oilalardagi shaxslararo munosabatlar hamda oilaviy muammolar kabi masalalar o'rganilgan. Bunday tadqiqotlar respublikamizda oilani ijtimoiy-psixologik nuqtai-nazardan tadqiq etish bo'yicha ma'lum bir o'ziga xos an'analarning yuzaga kelishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Oila a'zolari oilada bir-birini o'zaro tushunmaslik, xarakter xususiyatlarining bir-biriga to'g'ri kelmasligida deb bilsalar, ayrimlarida ayol kishi noroziligi, tanbehlari erkakdan o'zini ustun qo'yishi deb bildilar. Bundan shu narsa ma'lum bo'ldiki, oilaviy muammolarning asl sababi oilalarda pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligidadir. Buning uchun mahallalarda bu borada keng qamrovli ishlarni olib borish, mahalla yig'inlarini oilalar bilan hamkorlikda amalga oshirish, oilalarning mahallaga bo'lgan ishonchini, psixolog va pedagoglarga bo'lgan ishonchini oshirish masalalarini hal etish lozim. Oilaviy muammolarni o'rganish maqsadida olingan test natijalaridan shu narsa ma'lum bo'ldiki, oilaviy muammolar o'zaro munosabatlardagi kelishmovchilik, o'zini tuta olmaslik, turmush o'rtog'idan mamnun bo'lmaslik, zerikarli hayot, oilaviy burchlarning taqsimlanishi, janjalkashlik, o'ta manmanlik, xulq-atvordagi nomukamallik, moddiy qiyinchiliklar, jizzakilik kabi oila a'zolariga xos xatti-harakatlar va xarakter xususiyatlaridan kelib chiqar ekan. Yana shu narsaga amin bo'ldikki inson o'zi ideal insonni izlarkan. Ko'p holatlarda er-xotinlarning bir-biridan qoniqmaslik (ish vazifalaridan ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
14.09 MB
Ko'rishlar soni
313 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
14.09 MB
Ko'rishlar soni
313 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: pptx