Rahbarlik psixologiyasi taqdimot

Rahbarlik psixologiyasi taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Rahbarlik psixologiyasi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Rahbarlik psixologiyasi Reja Rahbar shaxsi Boshqaruv uslubi Liderlik va boshqaruv Rahbarlik muloqoti va uning bosqichlari Boshqaruv qarorlarini qabul qilish Muzoqaralar olib borishning psixologik jihatlari Rahbar va oila Rahbar shaxsi Shaxs- o'zining bilimi, hissiyoti va munosabatlari oraqali tashqi olamni o'zgartira oluvchi subyekt, insondir. Etibor berilsa, ushbu ta'rifda shaxsga xos 3 jihat sanab o'tilgan. 1. Bilish, 2. Hissiyot, 3. Munosabat Boshqaruv jarayonini psixologik tahlil etish masalasi, avvalambor, rahbarning faoliyatini takomillashtirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Maskur maqsadni amalga oshirish uchun rahbarga qo'yiladigan talablar, ularni bajarishga moyillik va boshqaruv faoliyatini to'laqonli amalga oshirishga to'sqinlik qiluvchi shaxs xususiyatlarini o'rganish zarurati tug'iladi. Rahbar shaxs xislatlari Rahbar shaxsi tushunchasini tahlili, uni xususiyatlarini uch guruhga bo'lib, o'rganish mumkin: Biografik tavsif (yoshi, jinsi va ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va ma'lumoti) Qobiliyat Shaxs xislatlari Rahbar yoshi. Boshqaruv faoliyatini muvaffakqiyatli amalga oshirishning rahbar yoshiga bog'liqligi rivojlangan mamlakatlar tadqiqotlariga asoslanadi. Aniqlanishicha, Yaponiya qayta ishlab chiqarish yirik kompaniyalari rahbarlarining o'rtacha yoshi 63,5 bo'lsa, shu toifa amerikalik rahbarlarning yoshi 59 da ekan. Yaponiya yirik kompaniya rahbarlarini o'rganishda uchraydigan va taajjublanarli jihatlardan biri, ularning yoshi ulug'ligidir. Bazi bir tashkilotlarda (masalan, «Soni korporeyshn») kompaniya prezidentining yoshi 65 deb cheklangan bo'lsa-da, lekin ko'pgina avtomobil sohasidagi firma rahbarlarining yoshi 75 va undan yuqoriligi ajablanarli xol emas. Umuman olganda, Yaponiyada xodimning korxonaga bir umr yollanish tajribasi ko'llanadi. Malum bo'lishicha, yuqori bo'g'in rahbarlarining kupchiligi o'z tashkilotida 30 yildan ortik, ishlaydi. Bu sohada o'tkazilgan tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, katta yoshli rahbarlar, agar ularning sog'lig'i ko'ngildagiday bo'lsa, ushbu tashkilot uchun katta tajriba manbaidir. Rahbarning ulug yoshi haqida gapirar ekanmiz, nafaqat uning biologik jihati, balki, ijtimoiy tomoni, hayotiy tajribasini ham nazarda tutishimiz darkor. Zero, «Qari bilganni pari bilmas», deb xalqimiz bejiz aytishmagan. Birok, ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyaning kirib kelishi ularni uzlashtirishda malum mahoratni talab qiladi. Baxtga qarshi, hozirgacha kompyuterda ishlashni urganolmayotgan katta yoshli rahbarlarni uchratish qiyin emas. Shu jihatdan olganda, yosh rahbar kupincha tashkilotga ilg'or texnologiya va tezkorlik olib kiruvchi omil sifatida kabul kdlinadi. Yosh rahbar boshqaradigan tashkilotdagi xodimlarning o'rtacha yosh ko'rsatkichi ko'pincha past bo'ladi. Yoshlik (30-35 yosh atrofida) bu yangilik va kashfiyotlarga moyillik, ijodiylik, qo'rqmaslik va o'zgaruvchan muhitga moslashuvchanlik bilan ifodalanadi. tashkilotda katta yoshdagi (40-45 dan yuqori) xodimlarga, xatto, shubxa bilan qarashadi. Lekin, aniklanishicha, inson 35-55 yoshlarida o'z kasbining moxir ustasiga aylanadi, o'z sohasidagi bilimni yaxshi egallaydi va ixtirolarni joriy etishga o'zida ishtiyoq sezadi. Shu bilan birga, unda vaziyatni sovuqqonlik bilan tahlil etish, vazminlik kayfiyati shakllanadi. rahbar jinsi Inson jinsi, uning ayni bir rolga amal qilishini taqozo etadi. Ayniqsa, bu holat sharq mamlakatlari, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 66.01 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 66.01 KB
Ko'rishlar soni 248 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga