Sezgi RЕJA: Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgilarning nerv-fiziologik asoslari. Sezgilarning tasnifi, sezgilarning turlari, sezgi soxasidagi qonuniyatlari. Sezgi sezuvchanlik psixologik asosi haqida qisqacha xulosa. Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va hususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgining hosil bo'lishi uchun quyidagilar zarur: Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo'lishi. Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo'lishi. Sezgilarning nerv fiziologik asosini I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo'lgan qo'zg'alishni psihik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mehanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: analizatorning periferik bo'limining markaziy analizator bilan boqlaydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar; periferik (receptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan mahsus transformator qismi; analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq bo'limlari. Ingliz olimi CH.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo'ladi: Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning hususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar; Interoretseptiv sezgilar ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to'qimalarda joylashgan sezgilar; Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (ahborot, habar) beruvchi muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar; Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psihologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, ma'nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psihologiya fanida mazkur sezgilar to'la o'rganilmaganligi sababli uni noma'lum hislar deb atalgan. Miya po'stlog'ining chakka qismi buzilganda, inson yuzini tanish javobgarligi yo'qoladi va bu kasallik prosopagnoziya deb nomlanadi. Unda sezgilari normal, lekin idroki normal emas. Unga notanish chexrani ko'rsatishganda u bunga e'tibor beraydi. Unga tanish chexrani ko'rsatishganda, avtonom nerv sistemasi reaksiyasi shuni ko'rsatadiki u xavotirlanadi va terlashni boshlaydi, lekin bu inson kimligini aytib bera olmaydi. Miyani buzilganligi sababli, u ma'lumotlarni sxema bo'yicha tepadan pastga qrab ishlolmaydi - to'plangan bilimlarni sensor ma'lumotlar bilan bog'lay olmaydi. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan 210р Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mehanizmlari intero-sepsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o'rganilgan. Ularning fikriga ko'ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mehanizmlaridan kelib chiqadi Proprioseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi. Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan, hayvonlarda P.K.Anohin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o'rganilgan. Psihologik ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
217.62 KB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
217.62 KB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: pptx