Shaxs ruhiy holatlarini boshqarish va diagnostika qilish usullari. Farg'ona shahri 2013 y KIRISh So'nggi paytda odamlar orasida ruhiyatga, ruhiy holatlarga, asab tizimi holatlariga, insondagi tarangliklar va ularning sabablariga etibor berish ko'tarilmoqda. Shu bilan birga psixologik maslahatga kelgan mijozlar: stressga tushibsiz, davolanishingiz kerak, psixologga uchrang, deb shifokorlar jo'natishdi, degan fikrlarni bildirmoqdalar. Quyida insonning ruhiy holatlarida uchraydigan va uning faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi psixik holatlarga to'xtalib o'tiladi. Zero inson ularni farqlay olishi hamda ularni boshqara olishi lozim. STRYeSS Psixik reaksiya bo'lib, o'tish davrlaridagi insondagi yashashning yangi shartlariga ko'nikishda bo'ladigan o'ziga xos holat. Umumiy xarakteristika berilganda - inson emotsional ko'zg'alishida javobgar bo'lgan fiziologik apparatining maqul bo'lmagan yoki tahdid soluvchi vaziyatlar, ko'nikmalar va hodisalar ta'sirida ortiqcha faollashuvining natijasida kelib chiqqan ruhiy qo'zg'alish. Odamga ta'sir etilishiga ko'ra stressni: 1. SISTYeMALI STRYeSS - inson biologik tizimining bevosita taranglashuvida namoyon bshladi. 2. PSIXIK STRYeSS - inson emotsional muhitining barcha ta'sirlardan olgan ta'siri natijasida paydo bo'ladi. Doimiy stresslar Uyqusizlik. Ko'krakdagi og'riq, yani muskullarning yurak atrofidagi og'riqlar. Yo'tal (tez-tez tomoqni tozalash uchun bo'ladigan yo'tal). Jinsiy qoniqmaslik. Emotsional disbalans, yani kayfiyatning tushib ketishi. Doimiy toliqish va haddan tashqari semirish. FRUSTRATSIYA Lotin tilidan frustratio - aldov manosini bildiradi. Insonning to'yinmagan ehtiyoji uchun o'ta qattiq qayg'urishining natijasida kelib chiqadigan psixik holati. Insondagi bu psixik holat ehtiyojlarning ko'plab ko'rinishlarida: 1. biologik ehtiyojlarida 2. sotsial ehtiyojlarida va boshqalarda namoyon bo'lmoqda. Odam biron - bir yomon ish qilib qo'ysa, masalan, o'g'rilik yoki odam o'ldirish bunda miya tormozlanadi yoki imtihonga kirayotganda hamma narsa esidan chiqib faqat bir narsani o'ylaydi. VAHIMA Vas - vasa. Bunda odam vahimaga tushadi, har xil xayollarga boradi. O'tib ketgan yomon voqeani eslab siqilishi yoki bo'lar - bo'lmas narsalarni o'ylashi, hali sodir etilmagan, aytib bo'lmaydigan yomon fikrlarga borib vahimaga tushish. Bu narsalar ichki holatni o'zgartirib, xotirjamlikni yo'qotadi. Bunda odamning faolligi yo'qolib o'zini qo'lga ololmaydi. Bunday narsalarni og'riq bilan tenglashtirish mumkin. Vahimani keltirib chiqargan narsa kerakli axborotning yetishmasligidan, dunyoqarashning torligidan yoki kelgan to'g'ri maslahatni ana shu vahimani keltirib chiqargan sababga qarama-qarshiligi va uni battar oshirishi vahimani avjga chiqaradi. MONOTONIYa Stressning qarama - qarshi holatidir. Masalan, bu holat ko'proq ishda, shaxsiy hayotda kuzatiladi. Har kuni bir xil ishni qayta - qayta bajarish natijasida odam monotoniya holatiga tushib qoladi. Va bu holat insonda zerikish, loqaydlik, hayotga nisbatan qiziqishni kamaytiradi, tashqi qiyofasida g'amginlik, nimadandir norozilik alomatlari kuzatiladi. Buning natijasida shaxsda iroda, fikrlash qobiliyati sustlashadi, maqsadga etish uchun harakat kamayadi. Shaxsda miyaning tormozlanish natijasida tevarak - atrofdan kelayotgan ongsiz signallarni qabul qilmasdan faqat o'z joniga qasd qilishni maqsad ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.41 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
115.41 KB
Ko'rishlar soni
195 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: pptx