Mavzu: Shaxsning diqqat va bilish jarayonlari Reja: 1. Bilish jarayonlari va professional faoliyat. 2. Diqqat va uning turlari. 3. Idrok va uning xususiyatlari. 4. Idrok qonuniyatlari. 5. Xotira va shaxs tajribasining boyligi. 6. Xotira qonuniyatlari. 7. Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari. Bilish jarayonlari va professional faoliyat Shaxsning bilish jarayonlariga sezgilar, idrok, xotira, tafakkur, nutq, xayol, diqqat kiradi Sezgilar-psixik aks ettirishning oddiy usuli tariqasida hayvonlarga ham, odamlarga ham xos sifat bo'lib, u voqelikdagi narsa va hodisalarning ayrim belgi va xususiyatlarini bilib olishni ta'minlaydi (hid bilish, tam bilish, ko'rish, eshitish, teri-taktil (tuyush), kinestetik (tana holati va harakatini ta'minlaydigan), vestibulyar (muvozanat saqlash bilan bog'liq) singari sezgi turlari bor) Sezgi turlari Diqqat Kishi ongining muayyan obyektga qaratilishiga diqqat deyiladi Diqqatning xususiyatlari: Diqqatning markazlashuvi - diqqatning qatiy cheklangan obyektlar doirasiga to'planishi Diqqatning ko'lamini bir vaqtning o'zida qabul qilinishi mumkin bo'lgan obyekt yoki elementlarning miqdori belgilaydi Diqqatning kengligi kishining o'z diqqatini bir vaqtning o'zida bir necha obyekt va faoliyat turlariga qarata olish qobiliyatidir Diqqat Diqqatning barqarorligi diqqatni muayyan maqsadga bo'ysundirilgan faoliyatda uzoq vaqt markazlashtirib turilishidir Diqqatning beqarorligi - kishi ongini bir obyekt ustida ushlab tura olmasligi Diqqatning tebranishi -diqqatning muayyan obyektga yana qaytishi yoki kuchayishiga bog'liq holda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli chalg'ish yoki bo'shashishidir Diqqatning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlari mavjud Idrok Idrok narsalar va hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishidir. Idrokning xususiyatlari: predmetlilik; yaxlitlik; strukturalilik; barqarorlik; anglanilganlik. Idrok qonuniyatlari Shakl va fonning ilgarigi harakatga bog'liqligi. Idrokning konstantliligi. Kutishlar va taxminlarning idrokka ta'siri. O'zgarmas ma'lumotning idrok qilinmasligi. Anglanganlik. Taxminlarni tekshirish jarayonida idrok qilish. Xotira Kishining o'z tajribasini esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishiga xotira deyiladi. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: 1) psixik faollikning xususiyatiga ko'ra: harakat, emotsional, obrazli, so'z-mantiqli; 2) faoliyat maqsadlariga ko'ra: ixtiyorsiz, ixtiyoriy; 3) esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko'ra: qisqa muddatli, operativ. Inson xotirasining yaxshi bo'lishi quyidagi omillarga bog'liq: 1.Esda saqlab qolish bilan bog'liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga; 2.Shaxsning o'zi shug'ullanayotgan ishga nechog'lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga; 3.Shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; 4.Shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; 5.Irodaviy kuchi va intilishlariga. Xotira qonuniyatlari Anglanganlik qonuni Qiziqish qonuni Ilgarigi bilimlar qonuni Eslab qolishga tayyorlik qonuni Assotsiatsiyalar qonuni Birin - ketinlik qonuni Kuchli taassurotlar qonuni Tormozlanish qonuni Tafakkur va mustaqil fikrlash shart-sharoitlari Tafakkur - inson ongining bilish obyektlari hisoblanmish narsa va hodisalar o'rtasidagi murakkab, har tomonlama aloqalarni umumlashgan va mavhumlashgan aks ettirish shaklidir. Tafakkur turlari Tafakkur shakllari Tushunchalar - tafakkurning shunday shakliki, ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
120.54 KB
Ko'rishlar soni
515 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
120.54 KB
Ko'rishlar soni
515 marta
Ko'chirishlar soni
65 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: ppt