Stress profilaktikasi taqdimot

Stress profilaktikasi taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Stress profilaktikasi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

STRYeSS PROFILAKTIKASI Insoniyat hamisha yorug' kelajakka intilib yashagan. U ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiatning ko'plab sir-asrorlarini bilib oldi. Biroq, inson uning salbiy oqibatlari namoyon bo'lishiga ham guvohdir. Masalan, transport shovqinlari, jismoniy toliqish, kam harakatchanlik, turli ziddiyatli vaziyatlar, ruhiy-ma'naviy nomukammallik, surunkali asabiylik, ruhiy zo'riqishlarga sabab bo'lmoqda. hastaliklarning kelib chiqish sabablari xilma-xil. Ulardan eng asosiysi insonning ruhiy muammolaridan biri - STRYeSS. ATROFDAGILARGA NISBATAN ORTIQChA TALABChAN BO'LMANG!! Atrofdagilarga ortiqcha talabchan bo'lishingiz sizda ruhiy zo'riqishni yuzaga keltiradi. Agar Siz yaqinlaringizning doimiy ravishda kamchiliklarini tanqid ostiga olib, ularni o'zgartirishga kirishgan bo'lsangiz - katta xatoga yo'l qo'ygan bo'lasiz. Donolardan biri Agar sen vaziyatni o'zgartira olmasang, vaziyatga nibatan o'z munosabatingni o'zgartir, deb takidlagan ekan. Shunday ekan, atrofdagilarni shundayligicha qabul qiling, vaqti kelib ular haqiqatan ham o'zgarganining guvohi bo'lasiz. Har birimizda paydo bo'layotgan fikr o'z-o'zidan shu fikrga doir emotsional holatni uyg'otadi, bu holat esa shu holatga mos bo'lgan xatti-harakatlarni yuzaga keltiradi. Shuningdek, har qanday ijobiy harakat - yuzdagi tabassum, bosh va elkani tik tutish kabilar miyada ham o'z-o'zidan shu harakatlarga mos keladigan fikrni uyg'otadi. Demak, odamda ruhiyat va kayfiyat, fikr va harakat o'zaro mutanosiblik kasb etgan. Shuning uchun siz ham doimo o'zingizga ishoning, bu ishonch esa kayfiyatingiz orqali harakatlaringizda, yuzingizda, yurish-turishingizda aks etib tursin. Hayot qadriga eting, sevimli mashg'ulotlarga vaqt ajrating Psixoemotsional zo'riqish (stress)yurakning ishemik kasalligi, qon bosimi oshishi, ateroskleroz, nevrozlar, oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi, o'sma shishlar, qandli diabet, tireotoksikoz va shunga o'xshash ko'plab kasalliklarga olib keladi. Chunki bunda asab tolalari doimo zo'riqadi, taranglashadi, oqibatda ruhiy va jismoniy quvvat taqsimotida buzilish ro'y beradi. Oilada, ishda va jamiyatda yuz berib turadigan ziddiyatli holatlar - salbiy emotsional stresslar bu muvozanatni izdan chiqaradi. Odamning o'z tan-sihatligini saqlash tizimi uch asosiy qoida: o'zini anglay olish, tarbiyalay olish va o'z bilimini amalga oshira olishga asoslanadi. Inson tan-sihatligini saqlash qurilmasiga yana uchta yaxshi tuyg'u: ishonch, umid va muhabbat kiradi. Ular ichida eng asosiysi - ishonch inson umri va salomatligining asosidir. «Ixlos - xalos», degani shu bo'ladi. Inson imkoniyatlari cheksizdir. O'z kuchiga ishongan odam hamma narsaning uddasidan chiqadi. Faqat insonda ruh va vujud sof bo'lmog'i, miyasi xayrli niyatlar, toza tilaklarga to'liq bo'lmog'i, bir so'z bilan aytganda, odamda ma'naviyat birlamchi bo'lmog'i darkor Tashvishlarni unutishga harakat qiling Har kimga o'z tashvishlaringiz to'g'risida so'zlamang. To'g'ri, suhbat davomida, siz engillaganday bo'lasiz, biroq biroz vaqt o'tgach, o'z muammongizga o'ralib qolib, yana bironta yaxshi suhbatdoshga muhtojlik seza boshlaysiz. Shunday ekan, asablaringiz dam olishiga ruxsat bering, Asablarni estrada kuylaridan, ularning og'ir, tez tempda yozilgan ohanglaridan asrang; - qo'rqinchli, jangari kinolar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 552.24 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 552.24 KB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga