Tafakkur va tafakkur psixologiyasi taqdimot

Tafakkur va tafakkur psixologiyasi taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Tafakkur va tafakkur psixologiyasi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

TAFAKKUR Reja: Tafakkur psixologiyasi predmeti Tafakkur operatsiyalari Tafakkur shakllari va turlari Nutqning shakllanishida tafakkurning roli Tayanch so'z va iboralar: Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiya, induktiv, deduktiv, analogik, klassifikatsiya, yakka, umumlashtirish, tushuncha. 1.Tafakkur psixologiyasi predmeti Umumiy psixologiya darsliklarida tafakkurga berilgan ta'rif turlichadir. P. I. Ivanovning darsligida «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to'liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag'in ham oqilona amaliy faoliyat bilai shug'ullanishiga imkon beradi» M. V. Gamezo «tafakkur voqelikning umumlashgan holda va so'z hamda o'tmish tajriba vositalarida aks ettirilishi» ekanligi bayon qiladi. A. V. Petrovskiy tahriri ostidagi darslikda tafakkurga ushbu shaklda ta'rif o'z ifodasini topgan: «Tafakkur-ijtimoiy-sababiy, nutq bilan chambarchas bog'liq muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur voqelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayondir». V. V. Bogoslovskiy tahriridagi darslikda ham tafakkurga berilgan ta'rif uning umumlashgan va bilvosita aks ettirish xususiyatlari yoritilgan xolos. Xuddi shunga o'xshash tafakkur xususiyatlari X N. Gonobolin, K. K. Platonov darsliklarida ham uchraydi. Tafakkur predmetini belgilash uchun to'laroq ta'rif O. K. Tixomirovning darsligida berilgan. Tafakkur predmetiga kiruvchi tarkibiy qismlar mana bunday ifodalanadi: «Tafakkur - bu o'z mahsuloti bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasi va foydalanadigan vositalariga hamda o'sha umumlashmalar yangiligiga bog'liq ravishda turlarga ajratishdan iborat jarayon, bilish faoliyatidir. Hozirgi davrda tafakkurning predmeti yuzasidan psixologiyada turli-tuman qarash va ta'riflar mavjuddir. Ularni ayrimlariga xaraktsristika berib o'tamiz. S. L. Rubinnggeyn nazariyasiga binoan, tafakkurii psixologik jihatdan o'rganishning asosiy predmeti- ja-rayon, faoliyat tariqasida namoyon bo'lishdir A. N. Leontev tafakkur psixologiyasi predmeti yuzasidan mu-[ lohaza yuritib, tafakkurni turli ko'rinishlarga ajratadi, fikr yuritish faoliyati ekanligini tan oladi, lekii uni predmetli-amaliy faoliyat deb nomlaydi. Shuning bilan birga tafakkurning strukturasi, fikr yuritish motivatsiyasi to'g'risida nazariy metodologik muammolarni o'rtaga tashlaydi. P. Ya. Galperin fikriga ko'ra, tafakkur-bu orientirlash-tadqiqot faoliyati, orientirovka jarayondir, yani orientirovka-jarayon, orientirovka faoliyat. A. V. Brushlinskiy tadqiqotlarida tafakkurning muhim yanglikni qidirish va ochish, gipoteza va nazariyalarni bashorat qilish oldindan payqash xususiyatlari alohida takidlab o'tiladi. Yuqoridagi mualliflardan farqli o'laroq, A. V. Brushlinskiy tafakkurning umumlashtirib, bilvosita aks ettirishdan tashqari muhim yangilikni izlash va ochish, oldindan bashorat qilish xususiyatlari mavjudlini ni dalillab ko'rsatadi. Yuqorida yuritilgan fikrlarga suyangan holda, tafakkurga quyidagi shartli ta'rifni berish mumkin: Tafakkur atrof-muhitdagi voqyolikni nutq yordami bilan bavosita, umumlashgan holda aks zttiruvchi psixik jarayon, ijtimoiy sababiy bog'lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat qilishga yo'naltirilgan aqliy faoliyatdir. 2. Tafakkur operatsiyalari Analiz va sintez operatsiyalari. Analiz-shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 37.36 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 37.36 KB
Ko'rishlar soni 265 marta
Ko'chirishlar soni 24 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga