Turmush qurishda yoshlar uchun maslahatlar taqdimot

Turmush qurishda yoshlar uchun maslahatlar taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Turmush qurishda yoshlar uchun maslahatlar taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Turmush qurishda yoshlar uchun kerakli maslahatlar. Yoshlar mustaqil hayot bo'sag'asida Yosh qizlar oila qurish uchun quyidagilarni bilishlari kerak: Necha yoshdan turmush qurish kerak; nikohdan avvalgi tibbiy ko'rik; Homilador bo'lishning eng qulay davri; Tug'ruq orasidagi interval; Erta turmush qurishning oqibatlari; Qarindosh - urug'lar o'rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari. Necha yoshdan turmush qurish kerak? Respublikamizda yoshlarning turmush qurishi uchun «Oila kodeksi»ga asosan erkaklar uchun 20 yosh, ayollar uchun 18 yosh belgilangan. Dalillarga asoslangan tibbiyot xulosalari bo'yicha oila qurish uchun eng qulay davr qizlar uchun 20-24 yosh, yigitlar uchun 24-26 yosh va ularning yoshlari orasidagi farq 3-6 yoshgacha bo'lgani maqul. Avvalo yigit va qizlarimiz turmush qurishdan oldin tibbiy ko'rikdan o'tishlari lozim. nikohdan avvalgi tibbiy ko'rik Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 25 avgustdagi «Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish Nizomi to'g'risidagi» 365-sonli Qarori asosida nikohlanuvchi shaxslar FHDYo bo'limiga ariza berganlaridan so'ng quyidagi kasalliklarni aniqlash uchun tekshiruvlardan o'tadilar: 1. Ruhiy kasalliklar 2. Giyohvandlik 3. Sil kasalligi 4. Jinsiy yo'l orqali yuqadigan kasalliklar 5. Orttirilgan Immun Tanqisligi Sindromi Nikohdan avvalgi tibbiy ko'rik - nikohlanuvchi shaxslarning yuqoridagi mutaxasisliklardan tibbiy ko'rikdan o'tib, ularning sog'ligini aniqlash. Tibbiy ko'rik vaqtida yuqorida qayt etilgan kasalliklardan birontasi aniqlansa, kasal bo'lgan shaxs malum bir vaqt ichida ushbu kasallikdan davolangandan so'ng nikoh qayd etilishi mumkin. Ular o'zlari yashaydigan QVP, oilaviy poliklinikalar, tibbiyot markazlaridan maslahat olishlari mumkin. Bu irsiy kasalliklarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Tibbiy ko'rikdan sog'lom deb topilgandan so'ng nikoh qayd etilib sog'lom va baxtli oila barpo etish uchun qadam tashlanadi. Kelinlik burchini ado etgan holda, yangi hayotga, yangi oilaga qadam qo'yadi. Bu esa uning kelajakda shu oilaga sog'lom avlodni dunyoga keltirish majburiyatini yuklaydi. Homilador bo'lishning eng qulay davri: Ayollar uchun farzand ko'rishning eng qulay davri 20-30 yosh oralig'i hisoblanadi. Homiladorlik muddati to'qqiz oy davom etadi. Homiladorlik davrida tibbiy kuzatuv olib boriladi. Tibbiy kuzatuvlar ayol va bo'lajak farzandini homiladorlik va undan keyingi davrda sog'-salomat bo'lishlarini ta'minlaydi. Qiz bolalar 18 yoshgacha homilador bo'lishi mumkin emas, chunki uning tanasi homiladorlikga tayyor bo'lmaydi. (agar ayol 18 yoshgacha homilador bo'lib qolsa, bu uning va homilaning salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin). homiladorlik yaxshi kechib, oilada sog'lom avlod dunyoga kelishiga sharoit yaratiladi. Keyingi avlodni sog'lom tug'ilishi uchun albatta tug'ruq oralig'iga rioya qilish kerak bo'ladi. Bu ham onaning salomatligini va bola sog'lom bo'lishini ta'minlaydi. Tug'ruq orasidagi interval: Tug'ruq oralig'i - bu tug'ruqdan keyin ona salomatligini to'la tiklab olishi uchun zarur bo'lgan muddatdir. Tug'ruqlar oralig'i kamida 3 yil bo'lishi kerak. Bu muddat farzandlarning etarli darajada jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratib beradi. Tug'ruq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 11.95 MB
Ko'rishlar soni 162 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga