XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA Xotira biz ilgari idrok qilgan boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayonidir. Biz har kuni ko'p yangi narsalarni bilamiz, kun sayin bizning bilimlarimiz boyib boradi. Xotira faoliyatida shaxsning g'oyaviy yo'nalishi katta o'rin egallaydi. Bu yo'nalish uning faoliyati, hayot sharoiti ta'sirida shakllanadi, Kishi o'zining ish faoliyati uchun muhim bo'lgan voqea va hodisalarni yaxshi eslab qoladi. Aksincha, kishi uchun keng ahamiyatga ega bo'lgan narsalar yomon esda qoldiriladi va tezda unutib yuboriladn. Shaxsping yo'nalishi uning qiziqishida ifodalanadi. Kishining qiziqishi xotiraga aniq va kuchli ta'sir ko'rsatadi, ya'ni yaxshi esda, olib qolishini ta'minlandi. Biz ko'pincha u yoki bu narsa-hodisalarni yomon esda saqlaymiz. Bu xotirani yomonliginn emas, balki, ularga qiziqish yo'qligini ko'rsatadi. Masalan: o'quvchilar hamma fanlarni bir xil eslab almashtirib olmaydilar. Bu ularni har xil xotiraga ega ekanliklarini balki o'qilayotgan fanga qiziqishini har xilligi bilan tushuntiriladi. Esda olib qolishning emosional munosabati ham katta ta'sir ko'rsatadi. Kishi uchun yaqqol hayajonli reaksiya vujudga keltiruvchilarga har bir ongda chuqur iz qoldirib, puxta va uzoq yodda saqlanadi. Biz bir narsadan ta'sirlansak, o'sha uzoq vaqtni esda saqlaymiz. Samarali xotira kishining iroda sifatlariga ham bog'liqdir. Kuchsiz irodali, ishyoqmas kishilar har doim yuzaki xotirlaydilar. Aksincha, kuchli irodali materialni chalg'itishga astoydil kirishadigan kishilar puxta va chuqur o'rganadilar. Shaxs o'z oldiga quyilgan maqksad va vazifalari asosida o'zining xotirlash prosessini ongli ravishda tartibga soladi va boshqaradi. Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar: esda olib qolish; esda saqlash; esga tushirish va unutish bir-biridan farq, qilinadi. Bu jarayonlar faoliyatda tarkib topadi va belgilanadi. Ma'lum materialni esga olib qolish hayo faoliyati davomida individual, ya'ni shaxsiy tajribani to'plash bilan bog'liqdir, XOTIRANING NERV - FIZIOLOGIK ASOSLARI Esda olib qolish nerv tizimining, miyaning egiluvchan,ya'ni o'zgaruvchanlik, qo'zg'atuvchilar ta'sirida o'zida go'yo bir iz tarzida qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday kishining miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo'lib, lekin uning darajasi har xil bo'ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning aktivligi va turli faoliyatiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq ravishda rivojlanadi. Atrofini o'rab olgan borliqni aktiv bo'luvchi kishi o'zi miyasi faoliyatida beto'xtov kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi va tinch pasayishi natijasida xotira samarasini susayishiga, ba'zi paytda odamning toliqishi sabab bo'ladi. Dam olgandan so'ng yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o'tishi bilan susayadi. Masalan: keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi. Ilgari gapirgan gaplari esidan chiqib yana o'sha gapni gapiradalar. Muvaqqat nerv aloqalari assosiasiyalarini hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assosiasiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o'zaro bog'lanishidir, biror buyumni esda olib qolish uni boshqa buyumlar ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 12:39:42
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
367.21 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
05 Sep 2022 [ 12:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
367.21 KB
Ko'rishlar soni
240 marta
Ko'chirishlar soni
21 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: ppt