Xotira va uning asosiy mexanizmlari taqdimot

Xotira va uning asosiy mexanizmlari taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Xotira va uning asosiy mexanizmlari taqdimot - rasmi

Material tavsifi

XOTIRA VA UNING ASOSIY MYeXANIZMLARI Reja: 1. Xotira haqida umumiy tushuncha 2. Xotira turlarining psixologik tasnifi 3. Xotiraning fiziologik asoslari Tayanch so'z va iboralar: Ixtieriy, ixtiersiz, praktiv, repraktiv, motsional, paramneziya, induksiya, repraduksiya, fenomenal, eydetizm 1. Xotira haqida umumiy tushuncha Individning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira atrof muhitdagi voqelik ni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo'l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo'naltirilgan mnemik (yunon mnema-xotira) faoliyatdir ta'rifda xotiraning esda olib qolish, zsda saqlash, esga tushirish, unutish, tanish, eslash kabi asosiy jarayonlari aloqida ajratib ko'rsatilgan, lekin ularniig har biri mustaqil holat va jarayon hisoblanmaydi. Inson tomonidan muayyan bir materialni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish uniig individual tajriba ko'lami, bilim saviyasi va aql-zakovati darajasiga bog'liqdir. Xotiranipg bosh roli o'tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki hozirgi va kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ro'yobga chiqishini ta'minlaydi. Mnema (yunon mnema-xotira) xotiraning o'ziga xos moddiy asoslarini belgilash uchun ishlatiladigan atama, I. P. Pavlov ta'limotiga ko'ra, xotiraning moddiy asosi bosh miya qobig'ida hosil bo'lgan muvaqqat asab bog'lanishlaridir. Shuningdek, bog'lanishlarning hosil bo'lishi, ularning mustahkamlanishi va keyinchalik jonlanishi yoki faollashuvidir. Amneziya - xotira faoliyatining qisman buzilishi yoki to'liq yo'qolishidai iborat ruhiy nuqson. Amneziya holatida kishi bazan hatto o'z ismi sharifini unutib qo'yishi ham mumkin. Amneziya holati turli kasalliklar (mas. meningit) yoki bosh miya qobig'ining zararlanishi natijasida sodir bo'ladi. Reministsensiya (lat. reminiscen sal-pal eslash) reministsensiya; zarur paytda esga tushmagan yoki avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni; vaqtinchalik unutish. Reministsensiyaning sababi asab tizimining charchashi, zaharlanishi yoki shaxsning kuchli hayajonlanishi va hoka'zolardan kelib chiqishi mumkin. Eydetizm (yunon. eidos obraz) avval idrok qilingan narsa va hodisalarning obrazlarini ongda aniq, to'liq va yorqin holda uzoq vaqt saqlab qola olish qobiliyatida ifodalaydigan ruhiy hodisa. Narsalarning tasvirlaridan deyarli farq qilmaydigan tasavvur sifatida. Paramneziya (yunon. mnesis eslash) sodir bo'layotgan voqelikning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo'lib tuyo'lishidan iborat xotira kasalligi; yolg'on esdaliklar yoki xotiraning noto'g'ri aks etishi. 2. Xotira turlarining psixologik tasnifi Psixologiyada xotira muhim mezonga ajratiladi: I. Faoliyatning faolligiga ko'ra xotira quyidagi turlarga bo'linadi: a) harakat yoki motor harakat xotirasi; b) obrazli xotira; v) his-tuyg'u yoki hissiyot xotirasi; g) so'z-mantiq xotira. II. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.92 KB
Ko'rishlar soni 350 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 34.92 KB
Ko'rishlar soni 350 marta
Ko'chirishlar soni 53 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga